Kontent qismiga oʻtish

Bayonnoma

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Bayonnoma biror masala yuzasidan rasmiy yozma bayonot, bildirish, tushuntirish. OʻzR MJKga (281,286,289,290-moddalar) asosan maʼmuriy protsessual hujjat hisoblanadi. Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilganligi toʻgʻrisidagi bayonnoma vakolatli mansabdor shaxs tomonidan tuziladi. Huquqbuzarlik tufayli moddiy zarar etkazilgan boʻlsa, bu ham bayonnomada koʻrsatiladi. Bayonnoma uni tuzgan shaxs va maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan tomonidan imzolanadi. Bayonnoma yuritish uchun masʼuliyat surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida surishtiruvchi va tergovchi zimmasiga, sud majlisi davomida esa sudya va sud majlisi kotibiga yuklatildi[1].

  1. Oʻzbekiston Yuridik Ensiklopediyasi