Kontent qismiga oʻtish

Bayram Matjonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bayram Matjonov (1940.29.4, Qoʻngʻirot) — qoraqalpoq xonandasi (lirik bariton) va rejissyor Qoraqalpogʻiston (1974), Boshqirdiston (1978), Oʻzbekiston (1982) xalq artisti. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1963). Qoraqalpoq davlat filarmoniyasida yakkaxon xonanda (1963–66), Qoraqalpoq telestudiyasida rejissyor (1966-yildan), bosh rejissyor (1967–69), Qoraqalpoq davlat filarmoniyasi (1971–77 va 1981-yildan), Qoraqalpoq yosh tomoshabinlar teatri direktori (1978–80). Yoqimli, keng diapazonli, lirik ovoz sohibi. Ijro uslubi yuksak madaniyati, oʻziga xos milliyligi, ijrosidagi falsafiy mazmuni, mahorat kuchi bilan ajralib turadi. Repertuaridan qoraqalpoq musiqali drama ("Oygul va Obod", O. Halimov; "Gʻarib Oshiq", A. Begimov, T. Ollanazarov, O. Halimov va boshqalar) va opera ("Ajiniyoz", N. Muhammaddinov) lardan ariyalar, milliy kompozitorlar asarlari ("Goʻdak haqida ballada", "Mening yigitlik paytim, sening qiz payting", "Yoshlik haqida ballada", "Boʻlmas", N. Muhammaddinov; "Ulkamga keling", "Yulduzlar", X. Turdiqulov; "Men dehqon farzandiman", N. Musayev va boshqalar) oʻrin olgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1974, 1988).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil