Bazal membrana
Qiyofa
Bazal membrana – koʻpchilik umurtqasiz va umurtqali hayvonlar hamda odamda qoplovchi va biriktiruvchi toʻqimalarni chegaralab turadigan hujayralararo tayanch qavat yoki chegara parda. Bazal membrana govak modda va unda joylashgan tolalardan iborat. Moddalarning shimilishi va diffuziyasi yoʻlida toʻsiq hamda elastik tayanch vazifasini bajaradi. Ayrim organlar kabi tanlab oʻtkazish xususiyatiga ega. Surunkali yalligʻlanish, xavfli oʻsma va boshqa kasalliklarda zararlanganida Bazal membrana epiteliy ostidagi biriktiruvchi toʻqimaga botib kiradi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |