Kontent qismiga oʻtish

Bazm

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Bazm — toʻy munosabati bilan katta uy yoki keng hovli sahnida oʻtkaziladigan tomosha, katta mehmondorchilik, ziyofat, kecha. Bazmlar odatda sozandaxonanda, nogʻorachi, surnaychikarnaychilar, raqqos va raqqosalar, askiyabozlar ishtirokida oʻtkaziladi. Bazm juda qadim zamonlardan rasm boʻlgan. Bazm mazmuni, ishtirokchilari va Bazmdagi cholgʻu asboblariga qarab bir qancha turlarga boʻlinadi. Nogʻora, doira, oʻyinchilar ishtirokida oʻtkaziladigan toʻy Bazmi "Nogʻora Bazm" deyiladi. Kelinning dugonalari, tengqurlari yigʻini "Qizlar Bazmi" (baʼzi joylarda "Qizlar majlisi") deyiladi. Oʻzbek va tojiklarda Bazmning maxsus taklifsiz, hamma qatnashadigan turi "Doira xabar qiladigan Bazm" ham bor (odamlar doira ovozini eshitib, oʻzlari kelaveradilar). Ishtirokchilari koʻp, ziyofati toʻkin "Bazmi Jamshid" (shoh Jamshidning dabdabali Bazmlariga nisbatan), yaqin kishilar oʻrtasida yoki kuy va ashula ishqibozlari uchun musiqachilar uyushtiradigan Bazm "Bazm xosagi" deyiladi. Oʻtmishda xon va amirlar saroyida oʻtkaziladigan Bazmlar sanʼat asarlarini xalq orasida keng yoyishga xizmat qilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil