Kontent qismiga oʻtish

Beauxbatons

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Harry Potter kitoblarida tasvirlangan Beauxbâtons sehgarlik maktabining gerbi: „Har biri uchida uchta yulduz tasvirlangan oltin tayoqchalar“.

Beauxbatons Sehr akademiyasi (fransuzchadan tarjimasi – „chiroyli tayoqchalar“) ingliz yozuvchisi J. K. Rowling tomonidan yaratilgan Harry Potter xayoliy olamidagi fransuz sehrgarlik maktabi.

„Harry Potter va Alanga kubogi“da, Beauxbatons talabalari Uch sehrgar turnirida ishtirok etish uchun Hogwartsga kelishadi. Ular qanotli Palomino otlari bogʻlangan aravada kelishgan[1]. Beauxbatons janubiy Fransiyadagi Pireney togʻlarida joylashgan, muz haykallari va oʻrmon nimfalari bilan toʻla maktab-internat sifatida tasvirlangan[2]. Beauxbatonsda fransuz oʻquvchilari soni koʻp, ammo ispan, portugal, golland, lyuksemburg va belgiyalik talabalar ham bor[3]. Kitobdagi ushbu maktab delegatsiyasiga ushbu maktab direktori, yarim dev ayol Olympe Maxime boshchilik qiladi: tana oʻlchamlariga qaramay, u chiroyli va nafis ayol edi[1].

Oʻquvchilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Beauxbatons oʻquvchilari Sharqiy Yevropadagi Durmstrang maktabining jiddiy va qoʻpol oʻquvchilarining aksi sifatida, asosan goʻzal uzun sochli qizlar va jozibali oʻgʻil bolalar sifatida tasvirlangan[1]. Shuningdek yana bir oʻrinda ikki maktabni solishtirishimiz mumkin:Beauxbatonlar aravasi yorqin rangli va chiroyli, Durmstrang talabalari kelayotgan kema umuman aksi.

  1. 1,0 1,1 1,2 Flotmann 2014.
  2. Oziewicz 2010.
  3. „Pottermore - Beauxbatons Academy of Magic“. Qaraldi: 2016-yil 7-avgust..