Bebek masjidi
Masjid | |
Hümayun-u Obod masjidi | |
Mamlakat | Turkiya |
Istanbul | Beşiktaş (Beshiktosh) tumani, Bebek mahallasi |
Koordinatalar | 41°04′37″N 29°02′39″E / 41.07681°N 29.04411°E |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi Usmonli meʼmorchiligi |
Meʼmor | meʼmor Kemaliddin |
Binokorlik sanasi | 1877 yil |
Gumbazlar soni | 4 ta yarim gumbazlar |
Gumbazlar soni | 4 ta yarim gumbazlar |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Qurilish materiali | ohaktoshlar |
Bebek masjidi Vikiomborda |
Bebek masjidi (turkcha: Bebek Camii), rasmiy nomi Hümayun-u Obod masjidi (usmonli turkcha: Hümayûn-u Âbad Cami) – 1913-yilda qurilgan masjid, Turkiyaning Istanbul shahri, Beşiktaş (talaffuzi: Beshiktosh) tumani, Bebek mahallasida joylashgan.
Bebek masjidi meʼmor Kamoliddin (1870–1927) tomonidan loyihalashtirilgan va Bebek shahrida vazir Nevşehirli Damat Ibrohim posho (talaffuzi: Nevshehirli Damat Ibrohim posho) (1666–1730) tomonidan foydalanishga topshirilgan masjid oʻrnida bunyod etilgan[1].
Arxitekturasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bebek masjidi Jevdet posho koʻchasida past beton devorlar bilan oʻralgan hovli ichida joylashgan. Masjidning qurilish rejasi kvadrat shaklda boʻlib, ohaktoshdan bunyod etilgan. Binoning old va orqa tomonida ikkitadan, yon tomonlarida oltita hamda ularning tepasida jami 28 ta derazalar mavjud. Masjid gʻarbiy devorga tutash baland poydevor ustiga qurilgan koʻp burchakli minoraga ega. Minora ayvonining pastki tomoni uch qator muqarnas bilan bezatilgan.