Kontent qismiga oʻtish

Bedřich Smetana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bedřich Smetana
Tavalludi 2-mart 1824[1][2][3]
Vafoti 12-may 1884[1][2][3]
Fuqaroligi Avstriya imperiyasi va Avstriya-Vengriya imperiyasi
Otasi Frantishek Smetana

Bedrjix Smetana (chexcha: Bedřich Smetana; 1824-yil 2-mart, Litomishl — 1884-yil 12-may, Praga) — chex kompozitori, pianinochi, dirijyor, musika jamoat arbobi. Milliy opera va simfonik musika asoschisi. 1830-yildan pianinochi sifatida konsertlar bergan. 1850—70 yillarda dirijyor, pedagog, musiqa tanqidchisi. Pragada musiqa maktabi (1849), opera maktabi (1872)ni tashkil etgan. S. milliy ruxda yaratilgan "Brandenburgliklar Chexiyada" (1863), "Dalibor" (1867), "Libushe" (1872) kabi tarixiy va, ayniqsa, shoh asari — "Sotilgan kelin" (1866) hajviy operalari, "Mening Vatanim" simfonik poemalar turkumi va boshqalar bilan chex musiqasini jahonga tanitgan. "Sotilgan kelin" operasi Navoiy teatrida sahnalashtirilgan (1952). Chexiyada S. jamiyati (1930-yildan), Chexiya va Shvetsiyada S. muzeylari faoliyat koʻrsatmoqda. Pragadagi "Musiqa uyi", konsert zaliga S. nomi berilgan.