Begali Niyazaliyev
Begali Niyazaliyev | |
---|---|
Tavalludi |
1958-yil Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti |
Taʼlimi | Toshkent qishloq xoʻjalik instituti |
Ilmiy darajasi | qishloq xoʻjaligi fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Mukofotlari |
Begali Irisaliyevich Niyazaliyev (1958-yil, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Begali Niyazaliyev 1958-yilda tugʻilgan[1]. Millati oʻzbek, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (23.12.2016), professor (13.12.2019). 1980-yilda Toshkent qishloq xoʻjalik institutini tamomlagan. 1980—1990-yillarda Butunittifoq paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi, 1990—1994-yillarda Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti oʻgʻitlar boʻlimi katta ilmiy xodimi, 1994—1997-yillarda Yalpi tahlillar laboratoriyasi mudiri, 1997—1998-yillarda Yangi va istiqbolli gʻoʻza navlari agrotexnikasi boʻlimi mudiri, 1998—2002-yillarda oʻgʻitlar boʻlimi mudiri, 2002—2006 va 2012—2014-yillarda Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, 2015-yili katta ilmiy xodim izlanuvchi, 2017—2021-yillarda Mineral, mahalliy, noanʼanaviy oʻgʻitlarni qoʻllash texnologiyalarini ishlab chiqish va ommaviy tahlillar laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, loyiha rahbari. 2022-yildan Agrokimyo va yalpi tahlillar laboratoriyasi mudiri[1]. Katta ilmiy xodim (1994)[1].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1989-yilda „Paxtachilikda yangi mulchalash usulining samaradorligi“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2016-yilda „Paxtachilikda organik va organo-mineral oʻgʻitlarni qoʻllash texnologiyasini takomillashtirish“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[1]. 230 ta ilmiy ish, jumladan, 90 ta ilmiy maqolalar muallifi. Ilmiy izlanishlari organik va organo-mineral oʻgʻitlarni mineral oʻgʻitlar bilan paxtachilikda qoʻllash samaradorligi boʻyicha izlanishlar oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan[1].