Kontent qismiga oʻtish

Begor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Begor (hindcha) — oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyo va Oʻrta Sharqda (Eroida 8-asrdan, Oʻrta Osiyo, Hindiston va Afgʻonistonda esa 10-asrdan) mavjud boʻlgan majburiyat. Mehnatkash xalq xon va mahalliy hukmdorlar tarafidan davlat va zamindorlarning turli qurilishlari (qalʼa, saroy, yoʻl qurilishlari, kanal va ariqlar qazish va boshqalar)da tekinga ishlab berishga majbur qilingan. Masalan, Abdullaxon II ning maxsus farmoni bilan mashhur Joʻyboriy xojalardan Xoja Saʼdning yerlariga Vaxshdan suv chiqarish uchun ariq qazishga Hisor, Dexinav, Qubodiyon va Shahrisabzdan 10 ming kishi safarbar qilingan. Begor 18 — 19-asrlarda ham boʻlgan. Begorni barshchinaning bir shakli deyish mumkin.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Juvonmardiyev A., 16 — 19-asrlarda Fargʻonada yer-suv masalalariga doyr, T., 1965.