Begoyim Xolbekova
Begoyim Xolbekova— 1962-yil 7-aprelida Andijon viloyati Jalolquduq tumanidagi „Oyim“ qishlogʻida tugʻildi. Andijon Davlat tillar instituti xorijiy tillar fakultetining ingliz-fors tillari boʻlimida tahsil oldi (1979-1984)[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mehnat faoliyatini Shahrixon shahridagi 4-oʻrta maktabda (1984-1997) boshlab, ingliz tilidan dars berdi. Keyinchalik Andijon shahridagi "Xalqlar Doʻstligi" nomli 1-gimnaziyada oliy toifali ingliz tili oʻqituvchisi (1997-2004), Andijon Davlat tillar instituti xorijiy tillar fakultetida katta oʻqituvchi (2004-2010) vazifalarida xizmat qildi. 2010 yildan Andijon Davlat universiteti xorijiy tillar fakultetida katta oʻqituvchi lavozimida tadqiqotchi-doktorant vazifasida ishlab keladi.Mohir tarjimon sifatida elga tanilgan ijodkor-pedagog. U koʻplab jahon adabiyoti durdonalaridan sheʼriy tarjimalar qilgan. Ayniqsa, uning shotland shoiri Robert Byorns, irland adibi va shoiri Jeyms Joys asarlaridan amalga oshirgan bevosita tarjimalari adabiyotimizni yanada boyishiga hissa qoʻshgan. Benazir ustoz-murabbiy sifatida professor-oʻqituvchilarning, talabalarning hurmatiga, mehr-muhabbatiga sazovor boʻlgan. Talabalarga dars berish bilan birga fakultet qoshida faoliyat yuritayotgan „Yosh tarjimonlar“ toʻgaragiga rahbarlik qilmoqda. Shogirdlari orasidan Davlat stipendiyasi sovrindorlari, isteʼdodli yosh ijodkor tarjimonlar yetishib chiqqan. Badiiy tarjimaning dolzarb masalalariga bagʻishlangan koʻplab ilmiy-tahliliy maqolalari, tezislari, tarjima asarlari talabalar uchun qoʻllanma sifatida taʼlim muassasalarida, shuningdek Respublika yosh tarjimonlarning mahorat darslarida keng qoʻllanilmoqda. Begoyim Xolbekova ilmiy-adabiy jarayonda, shuningdek mamlakatimizda olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlarida faol ishtirok etib, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashga muayyan hissa qoʻshib kelmoqda.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]U Oʻzbekiston Xalq shoirlari Zulfiya va Erkin Vohidov asarlarini originaldan ingliz tiliga tarjima qilib, milliy sheʼriyatimizni dunyoga targʻib etdi. Keyingi yillarda Hazrat Navoiyning eng sara gʻazallarini ingliz tiliga tarjima qilmoqda. Xususan, shoirning 100 gʻazalini asliyatdan ingliz tiliga badiiy tarjima qildi va ularni „From the Treasury of Meanings“ („Maʼnolar xazinasidan“) nomi bilan kitob holida chop ettirdi. Shuningdek, Hazratning qoʻshiqqa aylangan 30 gʻazalini jamlab, „If Beauties were a thousand“ ("Xublar ming bulsalar) nomi bilan ingliz tilida nashr qildirdi. Begoyim Xolbekova „Vatan uchun yashaylik!“, „Eng ulug, eng aziz“ Respublika tanlovlari sovrindori, 2020-yili „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlangan. U 2020-yil oktyabr oyida Bangladesh Xalq Respublikasining „International Friendship Awards“ („Xalqaro Doʻstlik Mukofoti“)ga munosib koʻrilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Xolbekova, Begoyim. „B.Xolbekova tarjimalari“ (22-yanvar).