Begteginlar
Qiyofa
Begteginlar (1145 - 1233) — Shimoli-sharqiy Iroq va Kurdistonda hukmronlik qilgan sulola. Davlat Arbil bekligi deb ham ataladi. Sulola asoschi dastlab Mosul, soʻng Arbilni boshqarish huquqini qoʻlga kiritgan Zangiylarning sarkardasi Ali Kuchuk ibn Begtegin. Uning otasi turkiy ekanligina ma'lum. Zangiylar va Ayyubiylar oʻrtasidagi urushda Begteginlar goh u tomon, goh bu tomon tarafida turgan. Sulolaning soʻnggi hukmdori Koʻkboʻri ibn Ali Kuchuk (1168-1233)ning vorisi boʻlmagani uchun oʻziga qarashli hududlarni abbosiy Mustansirga (1226 - 1242) topshirgan[1].
Hukmdorlar ro'yxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]T/r | Hukmdorlar | Hukmronlik
yillari |
---|---|---|
1 | Ali Kuchuk ibn Begtegin | 1145-1168 |
2 | Yusuf ibn Ali Kuchuk | 1168 |
3 | Koʻkboʻri ibn Ali Kuchuk | 1168-1233 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Vohidov Sh., Qodirov A. Sharqning mashhur sulolari.Toshkent: Akademnashr, 2013. 165-166-betlar
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]https://islamansiklopedisi.org.tr/begteginliler
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |