Kontent qismiga oʻtish

Behizor mahallasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Behizor

Behizor mahallasi
Mahalla
Mamlakat O'zbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Yashnobod
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 (71)
Pochta indeks(lar)i 700014
Avtomobil kodi 01

Behizor mahallasi — Yashnobod tumanidagi mahallalardan biri boʻlib, „Yangiqoʻrgʻon“, „Hudoyberdiyev“, „Mirsharopov“ mahallalari bilan chegaradosh.1968-yilda tashkil topgan. Dastlab davlat arbobi Akmal Ikromov (1898-1938) nomiga qoʻyilgan, 2009-yil apreldan hozirgi nomda. Aholisi 2160 kishi, asosan o'zbeklardan iborat (2009). Mahallada bolalar sport inshooti mavjud. Oʻzbekiston xalq shoiri Omon Matjon shu mahallada stiqomat qilgan.

Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestrida. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2016-yil 12-iyuldagi 124/15-5-sonli qarori asosida APU:56982 raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan[1] Toshkent shahridagi 505ta mahallalarning chegara chizmalari xaritasida YA36 raqami bilan belgilangan[2]

2016-yilning 25-yanvar kuni O‘zbekiston Ekologik harakatining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi Yashnobod tumanining „Behizor“ MFY bilanda Ravshan Ermatov bilan uchrashuv tashkil qilinadi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston ekologik harakati xodimlari, sport ixlosmandlari, mahalla faollari, mahallaga yaqin hududdagi 230- va 198-maktab o‘quvchilari, va OAV xodimlari qatnashdilar[3].

Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 122-bet. 


  1. [https://geonames.kadastr.uz/?name=Behizor&region=1726&district=1726290#search „GEOGRAFIK OBYEKTLAR NOMLARINING DAVLAT REYESTRI“]. geonames.kadastr.uz. Qaraldi: 21-noyabr.
  2. „TOSHKENT SHAHRIDAGI MAHALLALARNING CHEGARALARINI BELGILASH TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Qaraldi: 21-noyabr.
  3. „Ravshan Ermatov Toshkentdagi “Behizor” mahallasida sport muxlislari bilan uchrashdi“. daryo.uz (2016-yil 25-yanvar). Qaraldi: 21-noyabr.