Behzod Qobulov
Qiyofa
Bu maqolani oʻchirish taklif etiladi. Sababi va mos munozaralarni quyidagi sahifadan topishingiz mumkin: Vikipediya:Oʻchirishga/Behzod Qobulov. Maqolani yaxshilashga urinib koʻrishingiz mumkin, ammo munozara jarayoni yakunlanmagunga qadar mazkur ogohlantirish xabarini aslo olib tashlamang. Manbalar izla: „Behzod Qobulov“ – yangiliklar · gazeta · kitoblar · akademik · JSTOR Maqola muallifiga: Maqolangiz oʻchirilish arafasida boʻlsa, nima qilish kerak? Administratorlarga: bu yerga havolalar • tarix (oxirgi oʻzgarish) • Qobulov qaydlar • oʻchirish |
Qobulov Behzod Oʻrmonjonovich – Toshkent viloyati hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi[1], jurnalist.
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
1984-yil 6-may O'zbekiston Respublikasi, Namangan viloyati, Chortoq tumanida tavallud topgan.
Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oliy maʼlumotli. 2005-yil Namangan davlat universitetida bakalavr, 2007-yil Oʻzbekiston Milliy universitetida magistratura, 2011-yil Oʻzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Falsafa va huquq institutida aspiranturani tamomlagan.
Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 2011-2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi I.Moʻminov nomidagi Falsafa va huquq instituti stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi;
- 2012-2013-yillarda „Istiqlol quyoshi“ gazetasida bosh muharrir oʻrinbosari;
- 2014-2014-yillarda „Hurriyat“ mustaqil gazetasida[1] boʻlim mudiri;
- 2015-2016-yillarda „Maʼnaviy hayot“ jurnalida boʻlim mudiri;
- 2016-2016-yillarda „XXI asr“ gazetasida [2] masʼul kotib;
- 2016-2017-yillarda „Toshkent haqiqati“ ijtimoiy-siyosiy gazetasida masʼul kotib;
- 2017-2019-yillarda „Ohangaron hayoti-Jizn Axangarana“ gazetasi[2] tahririyati bosh muharriri;
- 2019-2021-yillarda Toshkent viloyati hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi;
- 2021-2021-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati rahbari;
- 2021-2022-yillarda „Oʻzbekiston ovozi“[3] gazetasida Bosh muharrir oʻrinbosari.
- 2022-2023-yillarda „Yoshlar kundaligi“[4]media loyihasi rahbari, „Yoshlar kundaligi“ gazetasi bosh muharriri[5];
- 2023-yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent viloyati hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi.
Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 2018-yil „Oltin qalam“ XIII milliy mukofotida [6] „Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili davlat dasturini eng faol yoritgan jurnalist“ nominatsiyasi gʻolibi;
- 2020-yil „Maʼnaviyat targʻibotchisi“ koʻkrak nishoni;
- 2020-yil „Mahalla fidoyisi“ koʻkrak [7] nishoni;
- 2021-yil „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi“ esdalik nishoni;
- 2022-yil „Oltin qalam“ XVII milliy mukofotida „Yoshlar kundaligi“ gazetasi „Eng yaxshi jurnalistik material uchun“ nominatsiyasi 3-oʻrin gʻolibi[5].