Kontent qismiga oʻtish

Bekobod mahallasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bekobod

Bekobod mahallasi
Mahalla
Mamlakat O'zbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Uchtepa
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 (71)
Pochta indeks(lar)i 111000
Avtomobil kodi 01

Bekobod mahallasi (Mehmondoʻst koʻchasi, 26-uy) — Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi mahalla. Istirohat mavzesida joylashgan. „Istirohat“, „Shaftolizor“, „Qoryogʻdi“ va „Bogʻi Chinor“ mahallalari bilan chegaradosh. Mahalla nomi Toshkent janubi-gʻarbidagi qadimgi mavze nomidan olingan. 1968-yildan shahar tarkibiga qariyb, shu nom bilan atala boshlangan, aholisi asosan Shayhontohur dahasining shu hududda boʻlgan. Aholi soni ortishi bilan 2005-yilda mahalla 2 qismga: „Bekobod“ mahallasi va „Shaftolizor“ mahallasiga ajratilgan. Aholisi 2157 kishi, asosan oʻzbeklar (2009). Mahalla hududida oʻrta maktab, bolalar bogʻchasi, 'Ilm-hunar chasmasi" markazi, Yoshlar markazi, „Mahalla-muruvvat“ xotin qizlar tikuv sexi, 2 ta xususiy doʻkoncha, sartaroshxona, otalar choyxonasi mavjud. Mahallada naqqosh usta Maqsud Qosimov (1905-1965) istiqomat qilgan[1].

  1. Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 109-110-bet.