Bekobod qishlog'i
Qiyofa
Bu maqolani oʻchirish taklif etiladi. Sababi va mos munozaralarni quyidagi sahifadan topishingiz mumkin: Vikipediya:Oʻchirishga/Bekobod qishlog'i. Maqolani yaxshilashga urinib koʻrishingiz mumkin, ammo munozara jarayoni yakunlanmagunga qadar mazkur ogohlantirish xabarini aslo olib tashlamang. Manbalar izla: „Bekobod qishlog'i“ – yangiliklar · gazeta · kitoblar · akademik · JSTOR Maqola muallifiga: Maqolangiz oʻchirilish arafasida boʻlsa, nima qilish kerak? Administratorlarga: bu yerga havolalar • tarix (oxirgi oʻzgarish) • qishlog'i qaydlar • oʻchirish |
“…Bekobod qishlogʼining oʼziga xos qadimiy tarixi mavjud. Chunonchi, 17-asr boshlarida hozirgi Qozogʼistonning Marki shahri joylashgan xududdagi axolining vakillari qishloqdagi Yettikon tepaligi atrofiga oʼrnashib, chorvachilik bilan shugʼullana boshlaganlar. Koʼchmanchilar mahalliy qirgʼiz aholisi bilan yaylov talashib, janjallashadilar. Bir necha bor boʼlib oʼtgan toʼqnashuvlarda yengilgan Markiliklar hozirgi masjid atrofiga koʼchib kelib dehqonchilik bilan shugʼullana boshlaydilar. Qoʼqon xoni Erdonabek bu yerlarni obod qilish uchun Bekberdi dodxoni yuboradi va unga qishloqni obod qilish vazifasini topshiradi.” (Yu.Qirgʼizov, T.Аkramov. “Bir oʼlkaki”. “Namangan” nashriyoti) Bekberdi dodxoh qishloqqa asos solib, karvonsaroy, bozor, masjid, doʼkon va guzarlar, yoʼl va koʼpriklar quradi. Koʼchalarni obodonlashtirib, bogʼlar barpo ettiradi. Qishloq kun sayin obodlashadi, savdo-sotiq, dehqonchilik, bogʼdorchilik, chorvachilik rivojlanadi. Qishloq Bekberdi dodxoh nomi bilan Bekobod deb atala boshlaydi.