Belolipov astragali
Belolipovi astragali | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Gulli o‘simlik |
Sinf: | Ikki urugʻpallalilar |
Turkum: | Astragal |
Oila: | Burchoqdoshlar |
Binar nomi | |
Astragalus belolipovii |
Belolipov astragali (lotincha: Astragalus belolipovii) – burchoqdoshlar oilasi, astragal turkumiga kiruvchi gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Jizzax viloyati Zomin davlat qoʻriqxonasi hududida uchraydi. Oʻtlar orasida va archalar ostida soyada oʻsadi[1].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Balandligi 30-40 sm gacha yetadigan, poyasiz koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Novdalari yashil rangda. Barglari poyada ketma ket joylashgan, tikansiz, uzunligi 20-30 sm. Barglari jami 15-20 juft, tartibsiz oq tuklar bilan qoplangan. Gulpoyasi gulidan uzunroq. Gullari shingil toʻpgulda joylashgan. Shingili 15-20 gulli, uzunligi 10-15 sm. Gulkosachabarglarining pastki qismi koʻk, dastlab naysimon shaklda boʻlib, keyinroq pufak shakliga kiradi, sirti oq tuklar bilan qoplangan, uzunligi 12-15 mm, tishchalarining uzunligi 2-4 mm. Gulqoʻrgʻoni yarmigacha qoʻshilgan, qayiqsimon shaklda. Gullari och binafsharang tusda, ikki jinsli, urugʻchibargi va changchilari bitta gulda joylashgan. Bayroqchasi yashil, toʻq qizil rangda, uzunligi 25-30 mm, yumaloq uchi oʻyilgan. Qanotchasining uzunligi 25-30 mm, qayiqchasidan sal uzunroq. Hasharotlar yordamida changlanadi. Mevasi dukkak meva. Urugʻi orqali jinsiy yoʻl bilan koʻpayadi.
Tarqalishi va oʻsish sharoiti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yovvoyi tabiatda juda kam tarqalgan endemik tur. Jizzax viloyati, Zomin davlat qoʻriqxonasi hududida tarqalgan. Archazorlar orasida oʻsadi. Birinchi marta Igor Vladimirovich Belolipov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademik Rusanov nomidagi botanika bogʻida oʻstirilgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Astragalus belolipovii“.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.