Kontent qismiga oʻtish

Ben White

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ben White
White "Brighton & Hove Albion" klubi mashgʻulotlarida (2018-yil)
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 1997-yil 8-oktabr
Tavallud joyi Poole, Angliya
Boʻyi 1.82m
Ampluasi Markaziy himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Arsenal
Raqami 4
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017–2018 Newport County (ijara) 42 (1)
2019 Peterborough United (ijara) 15 (1)
2019–2020 Leeds United (ijara) 46 (1)
2021- Arsenal 32 (0)
Milliy terma jamoa
2021- Angliya 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Benjamin William White (1997-yil 8-oktabrda tugʻilgan) – ingliz professional futbolchisi, Premer-liganing „Arsenal“ klubi va Angliya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.[1][2] White oʻzining katta klubdagi faoliyatini 18 yoshida 2016-yilda „Brighton & Hove Albion“da boshlagan. U 2016 va 2019-yillar oraligʻida „Newport County“, „Peterborough United“ va „Lids Yunayted“da ketma-ket ijara asosida oʻynagan. Keyinchalik u toʻrt yil Angliya professional ligasida oʻynadi va „Lids“ bilan chempionlikni qoʻlga kiritdi. „Brayton“ bilan bir mavsumdan soʻng, White 2021-yilda „Arsenal“ga 50 million funt sterling miqdoridagi transferni imzoladi. White 2021-yilda 23 yoshida Angliya terma jamoasi safida debyut qilgan va UEFA Euro 2020 uchun 26 nafar futbolchidan iborat tarkibga kiritilgan.

Milliy jamoadagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 25-mayida White Angliyaning UEFA Euro 2020 uchun 33 kishilik vaqtinchalik tarkibiga kiritildi, turnir COVID-19 pandemiyasi natijasida keyingi yilga qoldirilgani sababli 2021-yilning yozida boʻlib oʻtdi.[3] Bu Whitening milliy terma jamoadagi birinchi chaqiruvi edi.[4] U 1-iyun kuni tarkibdan chiqarib yuborilgan yetti nafar futbolchidan biri edi, ammo qisqartirilgan futbolchilar Avstriya va Ruminiyaga qarshi ikkita tayyorgarlik oʻyinida jamoada qolishdi. White Angliyadagi debyutini 2-iyun kuni Avstriyaga qarshi oʻyinda (1:0) Grealishning oʻrniga zaxiradan maydonga tushib oʻtkazadi. U Alessandro Schöpfning chiziqdan yoʻllagan zarbasini bartaraf etib, hisobni tenglashtirishga toʻsqinlik qildi.[5] U Angliya terma jamoasida oʻynagan beshinchi „Brayton“ oʻyinchisiga aylandi va 2018-yilning noyabrida „Albion“ jamoasidagi doʻsti va sardori Lyuis Dank terma jamoa safiga qoʻshilganidan soʻng uch yillik ichidagi ikkinchi oʻyinchi boʻldi.[6] U oʻzining birinchi asosiy tarkibdagi oʻyinini (umumiy hisobda ikkinchi oʻyin) 6-iyun kuni Ruminiya jamoasiga qarshi oʻtkazdi va butun oʻyin davomida maydonda harakat qildi. Oʻyinda Angliya jamoasining 1:0 hisobida gʻalaba qozonishiga yordamlashdi.[7] 7- iyun kuni White Yevro-2020 uchun 26 nafar futbolchidan iborat tarkibda jarohat olgan Trent Aleksander-Arnoldning oʻrnini egalladi.[8] Angliya chempionatda ikkinchi oʻrinni egallagan turnirda White maydonga biror marta tushirilmadi. Biroq, bosh murabbiy Southgate maydonga tushmagan oʻyinchilarni ham maqtadi.[9][10]

Oʻyin uslubi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

White yaxshi texnik qobiliyatga ega boʻlgan markaziy himoyachi sifatida tanilgan va sobiq bosh murabbiy Michael Flynn tomonidan oxirigacha oʻynash uslubi uchun maqtovga sazovor boʻlgan. White oʻzini „xotirjam“ oʻyinchi sifatida taʼriflaydi.[11] White, shuningdek, toʻp bilan oldinga, xujumga oʻtishlari bilan ham koʻpchilikning etiborini tortgan. Bu harakatlari sababli dastlabki murabbiyi Michael Flynn uni yarimhimoya hamda oʻng qanot himoyasida ham oʻynatgan. [12]

Arsenal klubidagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 30-iyulida White 50 million funt sterling evaziga Premer-liganing „Arsenal“ klubi bilan shartnoma imzoladi.[13] U 13-avgust kuni Premer-liganing 2021-22 yilgi mavsumining ochilish oʻyinida debyut qildi va bu oʻyinda jamoasi bilan Premer-ligaga yangidan qoʻshilgan „Brentford“ga 2:0 hisobida magʻlub boʻldi.[14] White 22-avgust kuni boʻlib oʻtgan „Arsenal“ning navbatdagi oʻyinida, londonlik raqib „Chelsi“ga qarshi oʻyinda, ijobiy COVID-19 testi tufayli oʻtkazib yubordi.[15] U 11-sentabr kuni jamoa safiga qaytganidan soʻng, „Emireyts“ stadionida debyutini oʻtkazdi va „Norvich Siti“ ustidan 1:0 hisobidagi gʻalabaga hissa qoʻshdi. White oʻzining birinchi Shimoliy London derbisida „Tottenhem“ga qarshi 26-sentyabr kuni oʻynadi, u butun 90 daqiqa davomida maydonda boʻldi. Bu oʻyinda „Arsenal“ 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.[16] 2-oktyabr kuni White „Brayton“ni tark etganidan keyin „Falmer“ stadioniga birinchi marta qaytdi va u yerda „Arsenal“ uchun toʻliq oʻyinni oʻtqazdi va sobiq jamoasi bilan 0:0 hisobidagi durang natijani qayd etdi.[17]

Jamoa Mavsum Liga FA Cup EFL Cup Boshqa Umumiy
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Brighton & Hove Albion U23/21 2016–17 3 0 3 0
2018–19 3 0 3 0
Umumiy 0 0 0 0 0 0 6 0 6 0
Brighton & Hove Albion 2016–17 Championship 0 0 0 0 2 0 2 0
2018–19 Premier League 0 0 0 0 0 0
2020–21 Premier League 36 0 2 0 1 0 39 0
Umumiy 36 0 2 0 3 0 0 0 41 0
Newport County (ijara) 2017–18 Ikkinchi liga 42 1 5 0 2 0 2 0 51 1
Peterborough United (ijara) 2018–19 Birinchi liga 15 1 1 0 16 1
Leeds United (ijara) 2019–20 Championship 46 1 1 0 2 0 49 1
Arsenal 2021–22 Premier League 32 0 1 0 4 0 37 0
Umumiy karyera 171 3 10 0 11 0 8 0 200 3
  1. "Premier League clubs publish 2019/20 retained lists". Premier League. 26 June 2020. Retrieved 9 July 2020.
  2. Elliot, Ed (25 May 2021). „Ben White: An in-demand defender who paddleboards – all you need to know about England call-up“. The Independent. London. Retrieved 4 June 2021.
  3. "Resolution of the European football family on a coordinated response to the impact of the COVID-19 on competitions". UEFA. 17 March 2020. Retrieved 17 March 2020.
  4. "England name provisional Euro 2020 squad: Ben White, Ben Godfrey, Aaron Ramsdale and Sam Johnstone in". BBC Sport. Retrieved 25 May 2021.
  5. "England 1–0 Austria". BBC Sport. Retrieved 2 June 2021.
  6. "Lewis Dunk has certainly seized the moment to get England call-up – Ian Hine". Brighton & Hove Independent. 12 October 2018. Retrieved 8 June 2020.
  7. "England 1-0 Romania". BBC Sport. 6 June 2021. Retrieved 6 June 2021.
  8. "White completes EURO squad". EnglandFootball. 7 June 2021. Retrieved 7 June 2021.
  9. "Italy v England Euro 2020 final: Watch live, score, updates & reaction – Live – BBC Sport". BBC Sport. 11 July 2021. Retrieved 11 July 2021.
  10. "Going spare: the five England players yet to play but no less important". The Guardian. 9 July 2021. Retrieved 11 July 2021.
  11. "„I’M ABSOLUTELY BUZZING TO BE HERE“ BEN WHITE". Leeds United F. C. Retrieved 1 July 2019.
  12. "Why Leeds United signed centre-back Ben White – and what to expect from him". Leeds Live. Retrieved 27 July 2019.
  13. "Ben White: Arsenal sign England defender from Brighton in £50m deal". BBC Sport. 30 July 2021. Retrieved 30 July 2021.
  14. McNulty, Phil (13 August 2021). „Brentford 2–0 Arsenal: Bees earn fully deserved win over Gunners“. BBC Sport. Retrieved 13 August 2021.
  15. "Arsenal team news: White to miss Chelsea game due to positive coronavirus test". The Athletic. 22 August 2021. Retrieved 23 August 2021.
  16. McNulty, Phil (26 September 2021). „Arsenal 3–1 Tottenham: Gunners defeat north London rivals at Emirates Stadium“. BBC Sport. Retrieved 26 September 2021.
  17. Howarth, Matthew (2 October 2021). „Brighton & Hove Albion 0–0 Arsenal: Wasteful Seagulls held by Gunners“. BBC Sport. Retrieved 2 October 2021.