Benefis
Qiyofa
Benefis (fransuzcha benefice – foyda) – tushumi toʻla yoki qisman teatr jamoasi yoki ayrim aktyorga toʻlanadigan spektakl. Birinchi benefis Fransiyada 1735-yili oʻtkazilgan. Oʻzbekistonda birinchi benefis 1924-yilda atoqli aktrisa Maʼsuma Qoriyevaning Halima (F. Zafariy, „Halima“) rolini 100 marta ijro etishi munosabati bilan oʻtkazildi. 1925-yildan sobiq Ittifoqda, jumladan Oʻzbekistonda benefis bekor qilinib, uning oʻrniga artistlarning ijodiy kechalarini uyushtirish rasm boʻlgan. 1958-yil Otello (U. Shekspir, „Otello“) rolini 500-marta ijro etilishi munosabati bilan A. Hidoyatovning ijodiy kechasi benefisi oʻtkazilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |