Kontent qismiga oʻtish

Benjamin Rush

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Benjamin Rush

Charles Willson Peale tomonidan chizilgan Benjamin Rush portreti (1818-yil)
Tavalludi 4-yanvar 1746-yil (1746-01-04) (278 yosh)
Vafoti 19-aprel 1813-yil(1813-04-19)
(67 yoshda)
Fuqaroligi AQSh va Kingdom of Great Britain
Bolalari 13 ta, Richard and James
Imzosi

Benjamin Rush (talaffuzi: Benjamin Rash) (1746-yil 4-yanvar1813-yil 19-aprel) — Amerika Qoʻshma Shtatlarining asoschilaridan biri, Amerika inqilobida faol ishtirok etgan. Shu bilan birga AQSh mustaqillik deklaratsiyasiga imzo chekkan siyosatchilardan biri. Bundan tashqari shifokor, siyosatchi, ijtimoiy islohatchi, gumanist, oʻqituvchi va Dickinson kollejining asoschilaridan biri. Rush Pensilvaniya Kontinental kongress delegati ham boʻlgan. Keyinchalik Amerika inqilobini qoʻllab-quvvatlovchi hatti-harakatlarni yoqlab chiqadi[1][2]. U Amerika inqilobi paytida kontinental armiyada bosh jarroh boʻlib xizmat qilgan. Shuningdek, Pensilvaniya universitetida kimyo, tibbiyot nazariyasi va klinik amaliyot boʻyicha professor boʻlgan[3]. Rush Amerika maʼrifatparvari va Amerika inqilobining yetakchilaridan biri.

  1. Renker, Elizabeth M. (1989). "'Declaration-Men' and the Rhetoric of Self-Presentation". Early American Literature 24 (2): 123 and n. 10 there. https://archive.org/details/sim_early-american-literature_1989_24_2/page/123. 
  2. Rush, Benjamin. The autobiography of Benjamin Rush; his Travels through life together with his Commonplace book for 1789–1813 George Washington Corner: . Westport, CT: Greenwood Press, 1970. 
  3. „Benjamin Rush (1746–1813)“. University of Pennsylvania. 2011-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-avgust.