Kontent qismiga oʻtish

Benzoy kislota

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Benzoy kislota (benzolkarbon kislota), C6H5COOH — aromatik kislotalarning dastlabki vakili. Matom massasi 122,05; oqtusli kristall modda. Zichligi 1316 kg/m3. Suyuqlanish temperaturasi 122,4°, qaynash temperaturasi 249,2°. Suvda yomon, etanol, efir va ben zol da yaxshi eriydi. Benzoy kislota qadimdan maʼlum organik kislotalardan biri, dastlab 17-asr boshida benzoy smolani quruq haydash yoʻli bilan olingan. Benzoy kislota toluan va peru balzami tarkibida erkin holda uchraydi. Yuqori tragacha qizdirilsa, benzol va karbonat angidrid hosil qiladi. Benzoy kislota va tuzlarida bakteritsid xossa bor. Sanoatda toluolni suyuq fazada 130—160° da va 308—790 kPa bosim ostida (katalizator — So va Mp benzoatlari) havo bilan oksidlab olinadi. Benzoy kislota fenol, kaprolaktam, benzil xlorid ishlab chiqarishda, alkid loklarga yaltirokdik, mustahkamlik va kimyovny barqarorlikni oshiruvchi qoʻshimcha sifatida ishlatiladi. Natriy benzoat oziq-ovqatni konservalashda, Benzoy kislota ning boshqa baʼzi Tuzlari esa farmatsevtik preparatlar olnshda, baʼzi efirlari xushboʻyligi tufayli parfyumeriyada ishlatiladi. Benzoy kislota ning turli hosilalari buyoq sanoatida keng qoʻllanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil