Beparvolik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Beparvolik — jinoyat sodir etgan shaxsning oʻz xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga befarq qarash. Agar koʻzi yetishi lozim va mumkin boʻlsa, bunday jinoyat beparvolik orqasida sodir etilgan deb topiladi. Aybning faqat beparvolik shaklida shaxs oʻzining xulq-atvori (qilmishi)ning ijtimoiy xavflliu oqibatining kelib chiqishini oldindan ularning real va haaatto, mavhum ravishda boʻlishi mumkinligini anglamaydi. Ehtiyotsizlik shaklidagi ayb turlarining xarakteri jihatlari, birinchidan, aybdor shaxs oʻz qilmishing ijtimoiy xavfli oqibatlarini oldindan koʻra olmaydi, ikkinchidan, shaxs mazkur jinoyatda ijtimoiy xavfli oqibatlarni oldindan koʻra bilish majburiyati va imkoniyatiga ega boʻladi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi