Berdi baxshi
Qiyofa
Berdi baxshi (Berdiyor Pirimqul oʻgʻli) (?—?)—oʻzbek xalq dostonchisi. 19-asrning 2-yarmi va 20-asrning 30- yillarida Toshkent viloyati Piskent tumani Evalak qishlogʻida yashab oʻtgan. Undan birgina "Alpomish" dostoni 1926-yilda yozib olingan (Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot institutida saqlanadi). Bu doston mazmuni va syujeti yoʻnalishi jihatidan boshqa variantlarga oʻxshasada, badiiy shakli jihatidan ishqiyromantik dostonlarga yaqin turadi. Dostonchi uslubida chiroyli tasvirlar va lirizmga, xalq qoʻshiklari va oʻlanlari sheʼriy bezaklariga, samimiy yumor va komizmga oʻta moyillik sezilib turadi. Bu hol oʻtmishda Ohangaron va Piskent atroflarida oʻziga xos dostonchilik maktabi boʻlganligini tasdiklaydi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Alpomish [Soʻz boshi va izohlar bilan nashrga tayyorlovchi T. Mirzayev], T., 1969.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |