Kontent qismiga oʻtish

Berdyansk

Koordinatalari: 46°45′20″N 36°47′20″E / 46.75556°N 36.78889°E / 46.75556; 36.78889
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Berdyansk
46°45′20″N 36°47′20″E / 46.75556°N 36.78889°E / 46.75556; 36.78889
Mamlakat Ukraina
Berdyansk xaritada

Berdyansk (1939–58 yillarda Osipenko) — Ukrainaning Zaporojye viloyatidagi shahar (1835-yildan). Azov dengizi boʻyidagi port. Berdyansk stansiyasi. Aholisi 135 ming kishi (1999). "Azovkabel", "Yujgidromash", "Azovselmash" zavodlari bor. Shisha tola, neft moylari ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari, pedagogika instituti, mashinasozlik, tokchilik va vinochilik texnikumlari, tibbiyot bilim yurti, badiiy va oʻlkashunoslik muzeylari mavjud. Yozi quruq, issiq (iyulning oʻrtacha temperaturasi 24°), qishi iliq (yanvarning oʻrtacha temperaturasi – 4°), yiliga 380 mm yogʻin tushadi. Shahardan 5 km narida dengiz boʻyida balchiq bilan davolash va iklimiy kurort joylashgan. Kattalar va bolalar sanatoriysi, dam olish uylari ishlab turibdi. Berdyanskga 1827-yilda asos solingan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil