Kontent qismiga oʻtish

Beren Saat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Beren Saat

Saat 2015-yil Bilkent Universitetida
Tavalludi 26-fevral 1984-yil (1984-02-26) (40 yosh)
Fuqaroligi Turkiya
Taʼlimi TED Ankara College Foundation Schools
Başkent University
Kasbi aktrisa
Faoliyat yillari 2004-yildan hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Kenan Doğulu (turm. 2014)
Veb-sayti berensaat.com.tr

Beren Saat (1984-yil 26-fevral) – turkiyalik aktrisa. Faoliyati davomida u tanqidlar bilab birgalikda va koʻplab maqtovlarga ham sazovor boʻldi. Boshkent universitetida tahsil olayotganda u „Turkiyaning Yulduzlari“ aktyorlik tanlovida qatnashgan va turk rejissyori Tomris Giritlioʻgʻli tomonidan kashf etilgan va oʻzining professional aktrisalik faoliyatini boshlagan.

Beren Soat „Aşkimizda Ölüm Var“ (2004) teleserialidagi kichik roli bilan aktrisalik debyutini qilgan. Keyin u Tomris Giritliogʻlu tomonidan Aşka Sürgün (2005–2006) filmidagi birinchi asosiy roliga tayyorlandi. Beren Saat ATV telekanalining „Hatirla Sevgili“ (2006–2008) siyosiy serialida shavqatsiz hamda oʻgʻil bolalarga xos harakterda Yasemin Ünsal rolini oʻynadi va Kanal Dning „Aşk-ı Memnu“ (2008) romantik serialidagi xiyonatkor xotin Bihter Yoreogʻlu Ziyagil roli bilan xalqaro eʼtiborga tushdi (2010), buning uchun u tanqidchilarning eʼtirofiga sazovor boʻlib, koʻplab mukofotlarga erishdi, jumladan ikkita Oltin kapalak mukofoti. Uning televideniyedagi boshqa asosiy rollari orasida Fatmagül'ün Suçu Ne? ijtimoiy dramasida zoʻrlash qurboni boʻlgan Fatmagul Ketenci Ilgaz obrazi bor. (2010–2012) Amerikaning „Qasos“ serialidagi remeyk „Intikam“ (2013–2014) dramasidagi Derin Chelik/Yagʻmur Oʻzden ismli qasoskor rolini ijro etgan. Aktrisaning kino karyerasi „Guz Sancisi“ (2009) drama filmi bilan boshlangan va „Gecenin Kanatlari“ (2009), „Rhino Season“ (2012) va „Benim Dünyam“ (2013) filmlarida davom etgan. 2015 yildan 2016 yilgacha u „Muhteşem Yüzyıl: Kösem“ tarixiy drama serialida bosh qahramon rolini oʻynadi, hamda buning uchun u har bir epizodga 90 000 ₺ olishi aytilgan edi[1][2] . 2019 va 2021 yillar oraligʻida Saat Netflix „Sovgʻa“ asl serialida bosh rolni ijro etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Beren Saat, la nueva "Kösem" dejó atrás a todas otras rivales“. TRT. 2015-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-avgust.
  2. „Devir onun devri... Beren Saat, Hülya Avşar'ı solladı!“ (tr). superhaber. 2015-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-avgust.