Berezin Ilya Nikolayevich
Qiyofa
Berezin Ilya Nikolayevich (1818.19.7 - 1896.22.5) - sharqshunos.
"Sharq boʻylab sayohat" (1849—52) asarini yozgan. Bu asarida Eron, Turkiya, Zakavkazye, Dogʻiston boʻylab qilgan sayohati (1842—45) davrida olgan taassurotlari, sharq mamlakatlarining tabiati, xalqining yashash sharoitlari haqida hikoya qiladi. Shayboniyxon va koʻchmanchi oʻzbeklar tarixiga oid "Tarixi guzida Nusratnoma" asarini eski oʻzbek tilidan rus tiliga ("Sheybaniada") tarjima qilgan.
Rossiyada birinchi boʻlib (1858—88) Rashiduddinninig "Jome attavorix" ("Tarixlar majmui") asarining birinchi jildini rus tiliga tarjima qilgan. Berezin oʻzbek, qoraqalpoq, tatar va boshqird shevalariga oid bir necha asarlar yozgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |