Kontent qismiga oʻtish

Bergen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BergenNorvegiya janubiy gʻarbidagi shahar. Shimoliy dengiz sohilidagi port. Xordalann fyulkesinipg maʼmuriy markazi. Muhim transport yoʻllari tuguni. Bergen stansiyasi. Aholisi 213 ming kishi (1991). Kemasozlik, mashinasozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Bergen yaqinida yirik neftkimyo sanoati majmuasi bor. Baliq, ovlanadi va baliq mahsulotlari eksport qilinadi. Universitet, savdo maktabi bor. Oʻrta asrlarda shimoliy gʻarbiy Yevropaning yirik savdo markazlaridan biri boʻlgan. Qirol qalʼasi qoldikqari (13-asr), Rozenkrans minorasi (16-asr), Mariya cherkovi (12-asr), kompozitor E. Grig uy muzeyi kabi meʼmoriy yodgorliklar saqlangan. Shaharga 1070-yilda asos solingan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil