Kontent qismiga oʻtish

Berlin pakti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Berlin pakti (1940.7.9) – Germaniya, Italiya va Yaponiya davlatlari oʻrtasida tuzilgan harbiysiyosiy bitim. U 10 yillik muddatga moʻljallangan boʻlib, dunyoni uch davlat oʻrtasida qayta boʻlib olish uchun til biriktirish edi. Germaniya va Italiya Yevropada, Yaponiya esa Osiyoda „yangi tartib“ oʻrnatmoqchi boʻldi. Berlin paktiga keyinchalik Germaniya va Yaponiyaga tobe bir qator davlatlar: Vengriya, Ruminiya, Slovakiya, Bolgariya, Yugoslaviya (hukumat oʻzgarishidan keyin Yugoslaviya paktdan chiqqan), Finlandiya, Ispaniya, Tailand, Xorvatiya, ManchjouGo va Xitoyning yaponlar bosib olgan hududidagi Van Szinvey „hukumati“ ham birin ketin qoʻshildi. Berlin pakti agressiv rejalar bilan uzviy bogʻlangan edi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng Berlin pakti barham topdi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil