Bernard Lewis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bernard Lewis
Tavalludi 31-may 1916-yil
Vafoti 19-may 2018-yil(2018-05-19)
(101 yoshda)
Voorhees Township, New Jersey, AQSH
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik[1][2][3]

Bernard Lewis (talaffuzi: Bernard Lyuis) (31-may 1916-yil — 19-may 2018-yil) — britaniyalik-amerikalik sharqshunos va siyosiy sharhlovchi. Lewis Islom dini tarixi va musulmon mamlakatlar bilan gʻarbiy mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlar boʻyicha qator asar yozgan. U Yaqin Sharqni oʻrgangan eng taniqli gʻarb olimlaridan biri hisoblanadi.[4]

Bir necha siyosatchi, jumladan AQShning 43-prezidenti George W. Bush Lewisdan maslahat olib ish tutgan.[5] Lewis oʻzining „From Babel to Dragomans“, „The Assassins: A Radical Sect in Islam“ va boshqa qator asarlari bilan shuhrat qozongan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. (unspecified title)
  4. Abrahamson, James „Gʻarb va AQSh masofani bosib oʻtishadimi? (ingl.). American Diplomacy (8-iyun, 2007). 2011-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyul, 2012. (Wayback Machine saytida 2011-09-05 sanasida arxivlangan)
  5. „Magʻlubiyat partiyasi: AEIning ajabtovur bayrami (ingl.). Slate (15-mart). Qaraldi: 19-iyul, 2012.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]