Bersh baliq
Bersh baliq | ||||
---|---|---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||||
| ||||
Lucioperca volgensis |
Bersh baliq (Lucioperca volgensis)— okunsimonlar oilasiga mansub baliqlar turi, uz. 25—45 sm, ogʻirligi 2 kg gacha. Qora, Azov, Kaspiy dengizlariga quyiladigan daryolar etagida yashaydi. Sudak baligʻiga oʻxshash, 3—4 yoshda voyaga yetadi. Aprel—may oylarida daryoning sayoz joylariga tuxum qoʻyadi. Yosh baliqlar suvdagi umurtqaslz jonivorlar bilan va keyinroq mayda baliqlar bilan oziqdanadi. Bersh baliq kam ovlanadi, tuzlangan holda isteʼmol qilinadi.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |