Besh Qardosh
37°24′N 57°17′E / 37.400°N 57.283°E
Besh Qardash yoki Besh Gardash (forscha: بش قارداش) – Eronning Shimoliy Xuroson viloyati, Bojnorddagi yodgorlik va mineral buloq joylashgan hudud. Bu joy koʻngilochar va tarixiy Eron madaniy merosi, qoʻl sanʼatlari va turizm tashkiloti tomonidan milliy meros sifatida belgilangan[1].
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Besh Qardash Bojnorddan taxminan 7 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Besh qardash“ atamasi mintaqadagi mahalliy til boʻlgan Xurosoniy turkiy tilida „Besh birodar“ maʼnosini bildiradi. Bu nom joyning afsonaviy tarixiga asoslanadi. Afsonalarga koʻra, beshta aka-uka oʻsha paytdagi shafqatsiz hukumatga qarshi kurashgan va ular togʻ yonbagʻrida boshpana qilganishgan. Kyinroq ular bu yerdan gʻoyib boʻlishgan va ularning yashash joyida beshta suv bulogʻi paydo boʻlgan[2].
Qajarlar sulolasi davridada Nosiriddinshoh davlat tashrifi bilan bu yerdan oʻtgan, hamda Yar Muhammad Xon Shadlouga (shuningdek, Sardor Mufakham yoki Siham al-Dovleh Bojnordi nomi bilan ham tanilgan) buloqlari yonida yodgorlik qurishni buyurgan[3].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Qajarlar sulolasi vaqtidagi Besh Qardoshning holati
-
Pahlaviylar davridagi Besh Qardosh
-
Sardor Mufakham yodgorligining hozirgi holati
-
Sardor Mufakham qabriga kirish darvozasi
-
Taʼmirlashdan oldingi hovuzning holati
-
Besh Qardosh suv bulogʻining yuqoridan ko'rinishi
-
Besh Qardosh hovuzi
-
Besh Qardosh hovuzi
-
Qajarlar sulolasi davriga oid bogʻ darvozasi
-
Buloq ustidagi toshda Zardushtning „Ezgu fikr, ezgu so'z va ezgu amallar“ jumlasi