Beshkapa (Buxoro)
Qiyofa
Beshkapa — Buxoro viloyati, Buxoro tumanidagi aholi punkti nomi[1]. Tarkibi ikki qismdan iborat: besh+kapa. Kapa „vaqtincha yashash uchun daraxt shoxlari va yirik oʻt-oʻlanlar bilan oʻrab quriladigan xona, yozlik uy; chayla“ maʼnosida qoʻllanadi. Beshkapa — kech bahor, yoz va erta kuzda yashash uchun qilingan vaqtinchalik boshpanalar koʻp qilingan joyda bunyod etilgan qishloq[2].