Kontent qismiga oʻtish

Beshkent tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Beshkent tumani
tuman
Tegishli Qashqadaryo viloyati,
Surxondaryo viloyati,
Buxoro viloyati
Tarkibida 13 ta qishloq sovetlari
Maʼmuriy markazi Beshkent
Asos solingan sanasi 1926-yil, 1935-yil
Bekor qilingan sanasi 1930-yil, 1965-yil
Aholi 41 158 kishi (1939)
Maydoni 3,19 ming km²
Xaritada

Beshkent tumaniOʻzbekiston SSR Qashqadaryo okrugi, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari tarkibidagi maʼmuriy birlik. 1926—1930 va 1935—1959- yillarda mavjud boʻlgan.

1926-yilda Beshkent tumani Oʻzbekiston SSR Qashqadaryo okrugi tarkibida tashkil etilgan. Markazi Beshkent qishlogʻi. 1930-yilda tuman tugatildi. 1935-yilda tuman Oʻzbekiston SSR Qashqadaryo okrugi tarkibida qayta tiklangan boʻlsa, dastlab Kasbi tumani, keyinchalik esa Oktyabr tumani deb nomlagan. 1938-yil 15-yanvarda tuman Buxoro viloyati tarkibiga, 1943-yil 20-yanvarda esa Qashqadaryo viloyati tarkibiga o‘tkaziladi. 1948-yil 1-oktyabr holatiga koʻra, tuman tarkibiga 13 ta qishloq sovetlari kirgan: Beshkent, Denov, Jeynov, Qozoq, Qamashi, Kasbi, Kauchuk, Qahlyak, Mugʻlon, Toliqoʻrgʻon, Pamuk, Xoʻjaxayram va Chandir[1]. 1960-yil 25-yanvarda tuman Surxondaryo viloyati tarkibiga o‘tkazildi. 1962-yil 24-dekabrda Beshkent tumani tugatildi.

1939-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotiga koʻra, tumanda 50 368 kishi, jumladan oʻzbeklar 75,4%, turkmanlar 8,4%, tojiklar 7,1%, arablar 5,5%, ruslar 1,4%, tatarlar 1,1%[2] tashkil qilgan. 1959-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotiga asosan, tumanda 41 158 kishi istiqomat qilgan[3].