Kontent qismiga oʻtish

Besni

Koordinatalari: 37°41′39″N 37°51′41″E / 37.69417°N 37.86139°E / 37.69417; 37.86139
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Besni

Besni tumani
Skyline of Besni
Turkiya bayrogʻi Turkiya
Bayroq
37°41′39″N 37°51′41″E / 37.69417°N 37.86139°E / 37.69417; 37.86139
Mamlakat Turkiya
Maydon 1,150.90 km2 (444.36 kv mi)
Rasmiy til(lar)i turk tili
Vaqt mintaqasi UTCShYV
Pochta indeks(lar)i 02300
Besni xaritada
Besni
Besni

Besni ( kurdcha: Bêsnî)[1]Turkiyaning Adıyaman viloyatidagi Adıyaman shahri gʻarbidan 44 km masofada joylashgan tuman.

Shahar tarixda Bahasna nomi bilan tanilgan. U 670-yilda Umaviylar qoʻshini tomonidan bosib olinmaguncha vizantiyaliklar tomonidan doimiy nazorat qilingan. Rum sultonligi asoschisi Sulaymon ibn Qutalmishning turk qoʻmondonlaridan biri Buldachi tomonidan bosib olinmagunga qadar ushbu hudud Vizantiyaliklar qoʻl ostida boʻlgan. Biroq, oradan biroz vaqt oʻtgach Bahasna saljuqiy turklaridan yana qaytib olingan va 1097-yilda birinchi salib yurishi paytida salibchilar tomonidan toʻliq nazorat nazorat qilingan. Keyinchalik arman hukmdori Kog Vasil tomonidan boshqariladi. Keyinchalik u 1116-yilda Edessa okrugi tarkibiga kirdi. 1150-yilda Rum sultoni Mesud I tomonidan bosib olinmaguncha, u franklar tomonidan nazorat qilindi. 1156-yilda zengidlar hukmdori Nurad -Din Zengiy tomonidan bosib olingan, soʻngra 1173-yilgacha, yaʼni Ayyubiylar paydo boʻlgunga qadar Saladin tomonidan bosib olingunga qadar Saljuqiylar hukmdori Qilij Arslon II nazorati ostida boʻlgan[2].

Oradan vaqtlar oʻtgandan soʻng Suriyaning amiri Ayyubiy An-Nosir Yusuf tomonidan nazorat qilingan ushbu hudud Hulokuxon tomonidan bosib olingan va u 1261-yilga kelib uni Armaniston qiroli Xethum Iga bergan[3]. 1268-yilda qirol Xethum I bir qancha qalʼalarni, shu jumladan Bahasnani ham topshirishga majbur boʻldi. Mari jangidan keyin Xethumning oʻgʻli Leoni Baybars qamoqqa tashlagan[3]. Biroq shunga qaramasdan Baybars Sunqur al-Ashqarni ozod qilish haqidagi da'volarini bekor qildi. 1293-yilda Mamluk generali Al-Ashraf Xalil Kilikiya Armaniston qirolligidagi vayronkor bosqinlardan soʻng shaharni qaytarib oldi va Sayf al-Din Tugʻan al-Mansuriyni noib etib tayinladi.[3] 1400-yilda hudud Amir Temur qoʻshinlari tomonidan bosib olindi[3].

XVII asr oʻrtalarida Usmonli sayyohi Evliya Chalabiy oʻzining sayohatnomasida shahar aholisi turkmanlardan ekanligini taʼkidlagan[4].

  1. Adem Avcıkıran. Kürtçe Anamnez Anamneza bi Kurmancî (tr, ku), 2009 — 56-bet. Qaraldi: 2019-yil 17-dekabr.  (Wayback Machine saytida 2020-06-06 sanasida arxivlangan)
  2. Toprak 2015.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Raphael 2010.
  4. Çelebi, Evliya. Evliya Çelebi Seyahatnamesi — 351-bet. Qaraldi: 2022-yil 2-iyul.