Besshatir
Qiyofa
Besshatir — qad. oʻbalar (mozorqoʻrgʻonlar) majmuasi (miloddan avvalgi 7—4-asrlar). Qozogʻiston Respublikasining Olmaota viloyati, Qapchigʻay qishlogʻidan 116 km sharqda, Ili daryosining oʻng qirgʻogʻidan 3 km uzoqlikda, Jelshagʻir togʻi etaklarida joylashgan. Bu yerdai 2 km masofaga choʻzilgan 31 ta oʻba aniqlangan. 1957—61 yillarda Yettisuv arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan oʻrganilgan. B. oʻbalari Yettisuvdagi saklarning ijtimoiy-maishiy, xoʻjalik tarixini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |