Kontent qismiga oʻtish

Bets hujayralari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Golji texnikasi bilan boʻyalgan insonning neokortikal piramidal neyroni (Bets hujayrasi)

Bets hujayralari (shuningdek, Betsning piramidal hujayralari deb ham ataladi) bosh miya katta yarimsharlari poʻstlogʻining kulrang moddasi beshinchi qatlamida joylashgan yirik piramidal hujayralar (neyronlar)dir. Bu neyronlar markaziy nerv sistemasidagi eng katta hujayra boʻlib, baʼzan diametri 100 mkm ga yetadi.[1][2]

Bets xujayralari yuqori motorli neyronlar boʻlib, oʻz aksonlarini kortikospinal yoʻl orqali orqa miyaga tushiradi, bu yerda ular oldingi shox hujayralari bilan bevosita sinaps qiladi, ular oʻz navbatida mushak hujayralari bilan bevosita sinaps qiladi. Bets hujayralari bu neyronlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlanishning yagona manbayi emas, chunki toʻgʻridan-toʻgʻri kortikomotorneyronal hujayralarning aksariyati oʻrta yoki kichik neyronlardir.[3] Bets hujayralarida piramidal neyronlarga xos bitta apikal dendrit mavjud boʻlsada, ular koʻproq birlamchi dendritik oʻqlarga ega boʻlib, bu oʻqlar somadan (hujayra tanasidan) chiqib har qanday nuqtada shoxlanishi mumkin.[4]  Bu perisomatik (hujayra tanasi atrofida) va bazal dendritlar barcha kortikal qatlamlarga chiqadi, lekin ularning koʻp gorizontal shoxlari (arborlari) V va VI qatlamlarni toʻldiradi, baʼzilari esa oq moddaga tushadi.[5] Bir tadqiqotga koʻra, Bets hujayralari insonning asosiy motor korteksining Vb qatlamidagi umumiy piramidal hujayralar populyatsiyasining taxminan 10% ni tashkil qiladi.[6] Bets hujayralari ukrainalik olim Volodymyr Betz sharafiga nomlangan boʻlib, bunga sabab bu hujayrani dastlab Volodymyr Betz 1874-yilda chop etilgan asarida toʻliq tasvirlab bergan edi.[7]

Volodymyr Betz

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Volodymyr Betz

Vladimir Alexeievich Betz yoki Volodymyr Oleksiyovych Betz 1834-yil 12-oktabrda Ukrainada tugʻilgan (1894-yilda vafot etgan) ukrainalik anatom, "Saint Vladimir" universiteti (Kiyev, Ukraina) professori. Asosiy ishi bosh miya katta yarimsharlarida joylashgan yirik piramidal neyronlarni kashf qilish hisoblanadi. U 1861-yilning may oyida chet elga oʻqish uchun ketgan va 1862-yil sentabrda Brükke, Bunsen, Kölliker, Helmgolts, Kirxgof professorlari bilan birga oʻqib, ularning maʼruzalarida qatnashib,qaytib kelgan.1864-1867 yillarda universitetda anatomiya va gistologiyadan maʼruzalar oʻqiydi, 1868-yilda professor darajasiga koʻtarildi. 1874-yilda Vladimir Alexeievich Betz birlamchi motor korteksidagi ulkan piramidal neyronlarni tasvirlab bergan, keyinchalik ular Betz nomini olgan.

  1. Purves, Dale; George J. Augustine; David Fitzpatrick; William C. Hall; Anthony-Samuel LaMantia; James O. McNamara & Leonard E. White (2008). Neuroscience (4th ed.). Sinauer Associates. pp. 432–4. ISBN 978-0-87893-697-7.
  2. Nolte, J. The Human Brain, 5th ed. Mosby: Missouri; 2002, p.527. ISBN 0-323-01320-1
  3. Strick, Peter L.; Dum, Richard P.; Rathelot, Jean-Alban (8 July 2021). "The Cortical Motor Areas and the Emergence of Motor Skills: A Neuroanatomical Perspective". Annual Review of Neuroscience. 44 (1): 425–447. doi:10.1146/annurev-neuro-070918-050216.
  4. Braak, H; Braak, E (1976). "The pyramidal cells of Betz within the cingulate and precentral gigantopyramidal field in the human brain. A Golgi and pigmentarchitectonic study". Cell and Tissue Research. 172 (1): 103–19. doi:10.1007/bf00226052. PMID 991201. S2CID 40242681.
  5. Meyer, G (1987). "Forms and spatial arrangement of neurons in the primary motor cortex of man". The Journal of Comparative Neurology. 262 (3): 402–28. doi:10.1002/cne.902620306. PMID 3655019. S2CID 45950277.
  6. Rivara, CB; Sherwood, CC; Bouras, C; Hof, PR (2003). "Stereologic characterization and spatial distribution patterns of Betz cells in the human primary motor cortex". The Anatomical Record Part A: Discoveries in Molecular, Cellular, and Evolutionary Biology. 270 (2): 137–51. doi:10.1002/ar.a.10015. PMID 12524689.
  7. Betz W. (1874) Anatomischer Nachweis zweier Gehirncentra. Centralblatt für die medizinischen Wissenschaften. 12:578-580, 595-599.