Beyli Frederik
Beyli Frederik (? — 1967) — ingliz josusi, polkovnik. 1918-yil avgustda Hindiston va Qashqar orqali Toshkentga kelgan diplomatik missiyaning rahbari. Diplomatlar safida kapitan Blekker va Angliyaning Qashqardagi konsuli Makkartney ham bor edi. Ular Toshkentdagi AQSH konsuli R. Treduell bilan hamkorlikda Oktabr toʻntarishiga qarshi ishlar olib borgan. B. Toshkentda Junkovskiy boshchilik qilgan maxfiy "Turkiston harbiy tashkiloti" bilan yaqin aloqada boʻlib, Toshkent, Samarqand, Fargʻonada sovetlarga qarshi qoʻzgʻolonlar uyushtirish, Fargʻona va Xorazmda milliy istiqlolchilik harakatini kuchaytirish rejalarini tuzishda qatnashdi, istiqlolchilarga Angliyaning Qashqardagi konsulxonasi orqali qurol-yarogʻ va boshqa yordam yetkazib berishda katta rol oʻynadi. "Turkiston harbiy tashkiloti" fosh qilingach (1918-yil oktabr), Turkistondagi ingliz-amerika josuslari qamoqqa olindi. B. esa Buxoro orqali chet elga oʻtib ketdi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |