Bezak sanʼati
Ushbu sahifani Amaliy sanʼat bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Bezak sanʼati — sanʼat turi; in-son atrofidagi moddiy muhitni shakllantiradi, badiiy bezash uchun xizmat qiladi, unga estetik va gʻoyaviy badiiy mazmun baxsh etadi. Bezak sanʼati insonning xizmatidagi buyumlarga bezak boʻlib, shu bilan bir qatorda insonga estetik, gʻoyaviy va badiiy taʼsir koʻrsatadi, in-son moddiy muhitining kurki, nafo-sati sifatida namoyon boʻladi. Asosiy sohalari: meʼmorlik bilan bevosita bogʻliq boʻlgan monumental bezak sanʼati, jamoatchilik va ayrim shaxslar ehtiyoji uchun badiiy buyumlar tayyorlash bilan bogʻliq boʻlgan amaliy sanʼat, bayram, tomosha manzaralarini, sayrgohlarni, ekspozitsiyalarni, koʻpchilik eʼtiboriga havola qilinadigan stend, vitrinalarni bezash bilan bogʻliq boʻlgan bezash sanʼati, badiiy loyihalashdan iborat boʻlgan dizayn.
Bezak sanʼati ning rivoji juda qadim zamonlardan boshlanib, xalq ijodining muhim sohasiga aylangan. U tasviriy sanʼat, badiiy hunarmandlik sohalari, badiiy sanoat, shuningdek xalq ustalari, rassomlar, haykaltaroshlar, dizayn ustalari faoliyati bilan uzviy bogʻliq ravishda rivojlanadi. Inson juda qadim zamonlardan boshlab oʻz moddiy muhitini bezatish ishtiyoqida nafosatga institutilgan. Odamlar boʻyniga munchoq, barmogʻiga uzuk, qoʻliga bilaguzuk taqib oʻzini bezatgan, keyinchalik kiyim-kechak, turar joylarini koʻrkamlashtirishga institutilgan. Shu tarzda asrlar mobaynida B. s. shakllangan (19-asrdan shu nom bilan atalgan). B. s mahsulotlari, asarlari bi-nolar, kishilar, ularning moddiy mu-hitini, turmushda ishlatiladigan narsalarni bezatishga, koʻrkamlashtirishga xizmat qiladi, kishilarning moddiy va maʼnaviy qiziqishlarini oʻzida mujassamlashtiradi, turli tarixiy davrlarda oʻsha davrning badi-iy yoʻnalishlari, uslublari (roman uslubi, gotika, barokko, klassitsizm, romantizm va boshqalar) unga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Bezak sanʼati namunalari, ayniqsa, monumental Bezak sanʼati asarlari koʻpchilikning eʼtiborida boʻladi, u jamiyatniig didi shakllanishida ham muhim rol oʻynaydi. Jamoat, maʼmuriy bi-nolar, saroylar, tomosha zallari, restoran, choyxonalarda naqqoshlik, oʻymakorlikdan tashqari tasviriy sanʼat koʻrinishlari (devoriy rasm, mozaika, haykaltaroshlik asari, vitraj va boshqalar) bezak vazifasini utash bilan bir qatorda maʼlum ijtimoiy gʻoyalarni qam targʻib qiladi, ifodalaydi. Jahonning eng yirik sanʼat arboblari monumental Bezak sanʼati bilan ham shugʻullanganlar (Leonardo da Vinchi, Rafa-el, Mikelanjelo jamoat binolarida, saroylarda oʻlmas asarlar qoldirganlar). Oʻzbekiston hududida qadimdan yirik binolar (saroy va ibodatxonalar, keyinchalik masjid va madrasalar)ga bezak berish sanʼati rivojlangan. Xalq ustalari (naqqosh, oʻymakor va boshqalar) Bezak sanʼati bilan shugʻullangan. Tuproq qalʼa, Varaxsha, Afrosiyob, Bolalikte-pa va boshqa yodgorliklar, turli xildagi ku-lollik, kandakorlik, toʻqimachilik kabi amaliy sanʼat turlarida ana shu sanʼ-atning nodir namunalari saqlangan. Amir Temur va temuriylar davri, undan keyingi davrlarda ham Bezak sanʼati ga oid nodir yodgorliklar yaratilgan.
20-asrda Oʻzbekistonda Bezak sanʼati yanada ri-vojlandi: Navoiy va Muqimiy teatrlari binolarining foye va zallari, Toshkent metropoliteni, Xalqlar doʻstligi saroyi va boshqa inshootlar be-zaklari va boshqa Ayniqsa mustaqillikdan soʻng bu sanʼatning yangi taraqqiyot davri boshlandi. Yangi qurilayotgan meʼmoriy binolar, madaniy inshootlar (ichki va tashqi tomonlari). Bezak sanʼati ning yutuqlari bilan bunyod etilmoqda, bezak xususiyatlari boʻrttirilgan turli haykal va relyeflar yaratilmoqda.
Neʼmat Abdulpayev.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |