Kontent qismiga oʻtish

Beznoitioz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Beznoitioz — asosan qoramollar orasida uchraydigan surunkali kechuvchi invazion kasallik. Besnoitia avlodiga mansub sodda jonivorlar qoʻzgʻatadi. Koʻpincha 6 oylik va undan katta boʻlgan yosh mollar kasallanadi. Kasallik boʻkalar orqali tarqaladi. Teri elastikligi yoʻqolib qalinlashadi, juni toʻqiladi, terida qontalash yoriqlar paydo boʻladi, koʻz sklerasining yalligʻlanishi, keratit, koʻrish qobiliyatining yoʻqolishi kuzatiladi. Klinik belgilarga, gistologik, parazitologik va serologik tekshirish natijalariga koʻra diagnoz qoʻyiladi. Davosi ishlab chiqilmagan.

Oldini olish va qarshi kurash: kasallangan hayvonlarni alohida ajratish va yaroqsizga chiqarish, insektitsidlar bilan beznoitioz qoʻzgʻatuvchisini yoʻq qilish, goʻngni biotermik zararsizlantirish, chorvachilik binolarini dezinvaziya qilish. Soʻyilgan hayvonlar goʻshti va boshqa mahsulotlarida beznoitioz parazitlarining sistalari topilganda goʻsht ozuqa uni tayyorlash uchun ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil