Kontent qismiga oʻtish

Bezoarlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Bezoarlar (forscha, soʻzma-soʻz badi zahr — ziddi zahar), bezoar toshlar — qoʻy, echki, otlar, baʼzan qoramol, choʻchqalarning oshqozon-ichak yoʻlida chigʻallanib toʻplanib qoladigan hayvonlarning juni (pilobezoarlar) yoki oʻsimliklar tolasi (fitobezoarlar). Moddalar almashinuvi, hazm organlari faoliyati buzilganda, mollar dagʻal tolali yem-xashak bilan boqilganda paydo boʻladi. Bezoar dumaloq shaklda boʻlib, baʼzan kattaligi yosh bola kallasidek keladi, sirti shilliq parda bilan qoplanadi, ogʻirligi baʼzan 2,5 kg gacha yetadi. Bezoar paydo boʻlganda hayvonlarda tana harorati koʻtariladi, halloslaydi. Jarrohlik yoʻli bilan olib tashlanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil