Bfremov Pavel Georgiyevich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pavel Georgiyevich Bfremov1902-yili tug‘ilgan, Stalingrad o‘lkasi Bobrovka xutoridan, Don kazakining o‘g‘li, sobiq quloq, tegirmoni bo‘lgan. 1929-yili xalq sudi davlat majburiyatini bajarmagani uchun 6 oy qamoq jazosiga hukm etgan. Hibsga olingunga qadar g‘allachilik sovxozida hisobchi bo‘lgan. Doimiy ravishda sovxoz xodimlari orasida targ‘ibot olib borganlikda, ocharchilik to‘g‘risida aksilinqilobiy, mag‘lubiyatchilik mish-mishlar tarqatganlikda, xalq dushmanlari to‘g‘risida ijobiy fikr bildirganlikda, xalqlar dohiysi to‘g‘risida haqoratli gaplar aytganlikda ayblangan.[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 111 bet. ISBN 978-9943-00-240-1. 
  2. Shahidlar xotirasi, Surgun. G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2000-yil. ISBN ISBN 5-635-01865-3.