Bhagat Singh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bhaghat Singh

Bhagat Singh (1907-yil 27-sentyabr — 1931-yil 23-mart) — hindistonlik sikh ozodlik kurashchisi, Hindiston mustaqillik harakatining eng mashhur namoyondalaridan biri.

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U ingliz hukumati tomonidan oʻlimga hukm qilingan. Shu sababli, u koʻpincha Shahid Bhagat Singh deb ataladi. Koʻpchilik uni Hindistondagi eng birinchi marksistlardan biri deb hisoblaydi va Hindiston Kommunistik partiyasi (marksist) tomonidan shunday yorliqlangan. U Hind Sotsialistik Respublika uyushmasi rahbarlari va asoschilaridan biri edi. Bhagat Singh Parlament binosida majlis boʻlayotgan paytida polga kichik bomba tashlaydi. Bu bomba ataylab hech kimga zarar bermaslik uchun tashlangan. Uning asosiy maqsadi mamlakatni inqilobga davat etish edi[1].


Binoda „Inquilab Zindabad“, yaʼni „Yashasin Inqilob“ deb oʻz shiorlarini aytib baqirishgan. Yaqin safdoshlarining sotqinligi tufayli osish hukmiga hukm qilinib oʻldirilgan. U haqida koʻplab kinofilmlar ishlangan. 2008-yil 15-avgustda Hindistonning Nyu Dehli shahrida Shahid Bhagat Singhning ulkan haykalini ochish uchun muhim marosim boʻlib oʻtdi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Habibullayev, Alimulla. Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi (1949 — 2022-yillar). Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, 2022 — 42 bet. 
  2. Augustyn, Adam „Bhagat Singh Indian revolutionary“. Britannica. Qaraldi: 5-dekabr 2022-yil.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Fathutdinova, Iroda. Hindiston. Toshkent: Academnashr, 2017. 
  • Fathutdinova. fggdfgfhfrl-access=. Toshkent: Academnashr, 2017.