Kontent qismiga oʻtish

Bhopal

Koordinatalari: 23°15′0″N 77°25′0″E / 23.25000°N 77.41667°E / 23.25000; 77.41667
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bhopal

भोपाल
shahar
23°15′0″N 77°25′0″E / 23.25000°N 77.41667°E / 23.25000; 77.41667
Mamlakat Hindiston
Shtat Madhya Pradesh
Tuman Bhopal
Hukumat
 • Hokim Krishna Gaur
Maydon 69,724 km2 (26,921 kv mi)
Dengiz sathidan balandligi 427 m
Rasmiy til(lar)i hind tili|Hindi
Aholisi
 (2011)
2 795 648[1]
Zichligi 2 575 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+5:30
Telefon kodi 0755
Pochta indeks(lar)i 462001 — 462xxx
Bhopal xaritada
Bhopal
Bhopal

Bhopal shahri Hindistonning Madhya Pradesh shtatining maʼmuriy markazidir. Transport yoʻllari tuguni. Aholisi 2,7 mln dan ziyod kishi (2011).[1] Ogʻir sanoat uskunalari ishlab chiqariladi. Toʻqimachilik, jumladan ip-gazlama va qishloq xoʻjalik mahsulotlari qayta ishlash sanoati koronalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan (zargarlik buyumlari, gazlama boʻyash va boshqalar). Yirik savdo markazi. Universitet va institutlari bor.

Shahar 1984-yil dekabrida sodir boʻlgan Bhopal falokati tufayli xalqaro eʼtiborga tushdi. Oʻshanda Union Carbide India Limited kompaniyasining pestitsid ishlab chiqaruvchi zavodidan tarkibida metilizotsianat boʻlgan zaharli gazlar chiqib, yaqin-atrofda yashovchi aholini halok qildi. Bu voqea jahondagi eng katta falokatlardan biridir. Shu yuzdan Bhopal butundunyo atrof-muhitchilarining eʼtiroz kampaniyalari markazlaridan biri boʻlib kelmoqda.

  1. 1,0 1,1 „Provisional Population Totals“. Census of India 2011. The Registrar General & Census Commissioner, Government of India. Qaraldi: 2013-yil 12-mart.
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil