Kontent qismiga oʻtish

Bhumika Chawla

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bhumika Chawla
Tavalludi
Rachna Chawla

21-avgust 1978-yil (1978-08-21) (46 yosh)
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi Aktrisa, model
Faoliyat yillari 2000-hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Bharath Thakur (turm. 2007)
Bolalari 1 nafar

Bhumika Chawla (tugʻilgan paytidagi ismi Rachna Chawla; 1978-yil 21-avgust) hind aktrisasi va sobiq model, asosan telugu, hind va tamil tilidagi filmlarda suratga tushgan va ular orqali mashhurlikka erishgn.[1] U telugu tilidagi „Yuvakudu“ (2000) filmida debyut qilgan. Uning eʼtiborga molik ijrolari aks etgan filmlar qatoriga „Kushi“ (2001), „Okkadu“ (2003), „Tere Naam“ (2003), „Missamma“ (2003), „Sillunu Oru Kaadhal“ (2006), „Gandi“ (2007), „Anasuya“ (2007), „Buddy“ (2013), „MS Dhoni: Untold Story“ (2016), „MCA“ (2017) va „U Turn“ (2018) kabi filmlardagi chiqishlari kiradi. U ikkita Nandi mukofoti,[2] bitta Filmfare mukofoti va[3] bitta SIIMA mukofotiga sazovor boʻlgan.[4][5]

Chavla Hindistonning Nyu-Dehli shahrida panjob oilasida tug‘ilgan va maktabni shu yerda tamomlagan. Uning otasi nafaqadagi armiya zobiti. Bhumikaning ikkita ukasi, akasi va opasi bor.

U 1997-yilda Mumbayga koʻchib oʻtadi va oʻz faoliyatini reklama filmlari va hind klip albomlari bilan boshlaydi. U „Zee“ kanali teleserialida „Hip Hip Hurray va Star Best Sellers — Fursat Mein“da namoyon boʻlgan.

Chavla oʻzining kino karyerasini telugu kino sanoatida boshlaydi, aktyor Sumanth bilan birga „Yuvakudu“ (2000) badiiy filmida rol oʻynadi. Uning Pavan Kalyan bilan rol ijro etgan ikkinchi chiqishi „Kushi“ (2001) kassada muvaffaqiyat qozonadi va u „Eng yaxshi ayol roli“ nominatsiyasida Filmfare — Telugu mukofotini qoʻlga kiritadi, shundan soʻng u telugu tilida bir nechta filmlarda, shu jumladan Mahesh Babuga va Jr. NTR bilan „Okkadu“ (2003) filmida va rol oʻynaydi. Bu Teluguda yilning eng yuqori daromad keltiruvchi filmlarga aylanadi.[6] Shu bilan birga, u Tamil kino sanoatida oʻzining debyutini amalga oshiradi, „Badri“ (2001) filmida aktyor Vijayga bilan rol ijro etadi, undan keyin uning ikkinchi tamil filmi „Roja Kootam“ (2002)da suratga tushadi. Uning „Missamma“ (2003) filmidagi saraton kasalligiga chalingan tadbirkor ayol sifatida chiqishi olqishlarga sazovor boʻladi. U Filmfare — Telugu mukofotida „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasiga nomzod boʻladi va „Eng yaxshi aktrisa“ sifatida Nandi mukofotiga sazovor boʻladi.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chawla oʻzining uzoq yillik sevgilisi va yoga oʻqituvchisi Bharat Thakurga 2007-yil 21-oktyabrda Devlali, Nashik shahrida Gurdvarada turmushga chiqqan.[7] U Thakurning kurslariga muntazam borgan va unga turmushga chiqishdan oldin u bilan toʻrt yil uchrashib yurganligi aytiladi.[8] Er-xotinning 2014-yil fevral oyida dunyoga kelgan o‘g‘li bor.[9][10]

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Nom Rol Til Eslatma
2000 Yuvakudu Sindhu Telugu Telugu film
2001 Badri Janaki (Jaanu) Tamil
Kushi Madhumitha / Khushi Telugu
Snehamante Idera Yuvrani Padmini Telugu
2002 Roja Kootam Mano Tamil
Vasu Divya Telugu
2003 Okkadu Swapna Reddy Telugu
Missamma Meghana Telugu
Simhadri Indu Telugu
Tere Naam Nirjara Bharadwaj Hind
2004 Run Jhanvi Choudhry Hind
Samba Nandu Telugu
Naa Autograph Divya Telugu
Dil Ne Jise Apna Kahaa Dhani Hindi
2005 Silsiilay Zia Rao Hindi
Dil Jo Bhi Kahey… Dr. Gayarti Pandey Hindi
Jai Chiranjeeva Neelima Telugu
2006 Sillunu Oru Kaadhal Ishwarya Tamil
Family Dr. Kavita Hind
Mayabazaar Anupama Telugu
2007 Gandhi, My Father Gulab Gandhi Hind
Sathyabhama Sathyabhama Telugu
Gangotri Gangotri Bhojpuri
Anasuya Anasuya Telugu
2008 Swagatam Vidhya KK Telugu
Mallepuvvu Malleshwari „Malli“ Kanneganti Telugu
Yaariyan Simran Punjabi
2009 Bhramaram Jaya Malayalam
Naa Style Veru Parvati Telugu
Amaravathi Amaravathi Telugu
2010 Yagam Nandini Telugu
Thakita Thakita Vishali Telugu
Collector Gari Bharya Indira Gautam Telugu
2012 Godfather Oʻzi Kannada
2013 Buddy Padma Malayalam
Chithirayil Nilachoru Mentally challenged person Tamil
2014 Laddu Babu Madhuri Telugu
April Fool Swapna Telugu
2015 Luv U Alia Bhoomi Kannada
2016 M.S. Dhoni: The Untold Story Jayanti Gupta Hind
2017 Middle Class Abbayi Jyothi Telugu
Kalavaadiya Pozhuthugal Jayanthi Tamil
2018 U Turn Maya Tamil

Telugu
Savyasachi Siri Telugu
2019 Khamoshi Mrs. Desai Hind
Kolaiyuthir Kaalam Mrs. Anand Tamil
Bhram Ankita Paul Hindi
Ruler Niranjana Prasad Telugu
2021 Idhe Maa Katha Lakshmi Telugu
Paagal Premʼs deceased mother Telugu
Seetimaarr Bhumi Telugu
2022 Operation Romeo Chhaya Hind
  1. Tanmayi, Bhawana. „'Missamma' enjoys her second innings“. Telangana Today (2018-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 14-mart.
  2. „Nandi awards 2007 announced - Telugu cinema news“. Idlebrain.com (2008-yil 12-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 16-aprel.
  3. „Nuvvu Nenu wins 4 Filmfare awards“. The Times of India (2002-yil 6-aprel). 2012-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 20-oktyabr.
  4. „PIX: Shriya, Hansika shine at the SIIMA awards“ (en). Rediff. Qaraldi: 2020-yil 13-oktyabr.
  5. „SIIMA 2018 Winners List For Telugu Movies“ (en). Sakshi Post (2018-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 13-oktyabr.
  6. „Telugu mid-year report“. The Hindu (2003-yil 24-iyul). 2011-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-aprel.
  7. „Bhumika Chawla weds yoga guru Bharat“. Screenindia.com. 2009-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 21-oktyabr.
  8. „Bhumika weds Bharath on Oct 25th“. Oneindia. 2012-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 6-avgust.
  9. „Bhumika delivered a baby boy - Bhumika Chawla- Laddu Babu- Allari Naresh- Ravi Babu- Misama- Khushi - Cinemalead.com -“. 2014-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-mart.
  10. iQlik Movies. „Actress Bhumika Chawla blessed with a baby boy“. iQlikmovies.