Bibi Maryam Makaryevskaya ikonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bibi Maryam Makaryevskaya ikonasi ― 1442-yil 17-sentabrda Unzhenskiy rohibi Makariusga ayon boʻlgan Bokira Maryamning moʻjizaviy ikonasisir. Uning asl tasviri 1929-yildan keyin yoʻqolgan. Kostroma viloyatining Makaryev shahridagi Rojdestvo Xristogo — Masihning mavlidi cherkovida ikonalar roʻyxati saqlanib qolgan. 17-sentabrda bayram qilinadi.

Ikona obrazi Hodegetria uslubida tasvirlangan. U haqidagi birinchi eslatma XV asr oʻrtalariga toʻgʻri keladi. Avliyo-Makarius Unjenskiyning hayotiga doir asarda yozilishicha, 1442-yil 17-sentabrda unga Bibi Maryam ikonasining moʻjizasi koʻringani haqida aytiladi. Bu hodisa ikona uning xaroba kulbasida turgan vaqtda sodir boʻlgan. Shuning uchun u dastlab „Kulba“ ikonasi deb nomlangan. Makariusning oʻlimidan soʻng, ikona „Makariyevskaya“ nomini olgan va moʻjizaviy sifatida hurmat koʻrsatilgan. Ikona oʻzining moʻjizaiyligi namoyon boʻlgan joyda tiklangan Makariyevo-Unjenskiy monastirida saqlangan. Moʻjizaviy ikonadan Vizantiya uslubida roʻyxat tuzilgan. U ham asl obrazdek shuhrat qozongan. 1629 va 1690-yillardagi yongʻinlar Monastirga jiddiy zarar yetkazgan, ammo ikona zarar koʻrmagan[1].

XVIII asr boshlarida ikona qoplama yasalgan. Imperator Pyotr I, shu maqsadda, 1717-yil 24-avgustda frmon chiqarib, monastir soliqqa tortilmaydigan xayr-ehsonlarni yigʻish izniga ega boʻladi. Bu, shuningdek, patriarxal taxtning locum tenens, mitropolit Stefan (Yavorskiy) monastir rohibiga berilgan guvohnoma nizomida aytib oʻtilgan[1].

Xuddi oʻsha XVIII asrda ikonaning tarixi va ahamiyatidan xabari boʻlmagan gegumen Mitrofan II monastir soboridagi ikona roʻyxatini Muqaddas Bokira Xushxabari cherkoviga oʻtkazishni va uning ustidan Bibi Maryamning boshqa tasvirini chizishni buyurgan. 1858-yilda arximandrit Platon ikonani qayta tiklagani, uning ustiga chizil tasvir restavratsiya qilinayotganda uning ostida ham tasvir borligi maʼlum boʻlgan. Bu vaqtga kelib, monastirda, aftidan, avlyo Makarius Unjenskiyga koʻringan ikona ham saqlangan[1].

1929-yilda Makaryevo-Unjenskiy monastiri bolsheviklar tomonidan yopilib, tahqirlanganida, moʻjizaviy tasvir va uning roʻyxati yoʻqolgan. Endilikda Makariyevskaya ikonasining yagona nusxasi Makariyev shahridagi Masih mavlidi cherkovida saqlanadi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Икона Богородицы Макарьевская“. www.azbyka.ru. Qaraldi: 2019-yil 9-iyun.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Tarasenko L. P. Makarievskaya ikona Bojiey Materi // Pravoslavnaya ensiklopediya. — M., 2016. — T. XLII : „Lvovskiy sobor — Maksim, blajenniy, Moskovskiy“. — S. 366—368. — 752 s. — 30 000 ekz. — ISBN 978-5-89572-047-9.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]