Bibi Ubaydo ziyoratgohi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Andoza:Dead end

Bibi Ubaydo ziyoratgohi Fargʻona viloyati Buvayda tumani Buvyada qishlogʻida joylashgan muqaddas ziyoratgohlarda biri hisoblanadi. Bu ziyoratgoh majmuasi tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Bibi Ubaydo xonim nomi bilan ataluvchi ziyoratgoh 10-11 asrlardan buyon mavjud, Bibi Ubaydo xonim yashagan joylari ustida qurilan bu ziyoratgoh 2005 yili butunlay taʼmirdan chiqarilgan va uning tarkibida boʻlgan xar bir inshoot qayta qurildi va taʼmirlandi. Taʼmirdan chiqqan muqaddas maskan yilning har bir faslida ziyoratchilar bilan gavjum .[1]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bibi Ubaydo ziyoratgoxi tarixi Buvayda tumani tarixi bilan chambarchas bogʻliqdir. Buvayda soʻzining atalishi ham Bibi Ubaydo xonimning ismlaridan kerlib chiqqan deb hisoblandi.10 −11 asrlar oraligʻida Fargʻona voidiysi hududida hukumdorlik qilgan sulola malikasi boʻlgan Bibi Ubaydo xonim, hozirgi ziyoratgoh hududida koʻp yillar davomida yashgan. Koʻp yillar davomida nochor odamlarga yordam berib kelgan va ularning xolidan xabardor boʻlgan, xalq orasida katta xurmatga ega boʻlgan Bibi Ubaydo xonim keyinchalik shu ziyoratgoh xududida vafot etgan va dafn etilgan [2].Ziyoratgox hududi 19-20 asrlarda juda haroba koʻrinishga kelib qolgan. Uning qayta taʼmirlanishi natijasida uning asl qiyofasi qayta tiklangan. Bumozor qishlogʻi hududida joylashgan maskan kuniga ikki yuzga yaqin ziyoratchilar, mehmonlar va sayyohlar tashrif buyuradi.[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]