Bibi maryamning ibodatxonaga kirishi bayrami
Bibi maryamning ibodatxonaga kirishi bayrami (Vvedeniye vo xram Presvyatoy Bogorodism) - xristianlikdagi eng muhim bayramlardan sanaladi. Cherkov ta’limotiga ko‘ra, bu bayram uch yoshli Bibi Maryam (Isoning bo‘lg‘usi onasi)ni ota-onasi bilan Kuddus ibodatxonasiga ilk bor kirib kelishi xotirasiga bagishlangan. U pravoslavlikda “dvunadesyaty” - o‘n ikki asosiy bayramlardan ikkinchisi. U pravolaviyeda 21-noyabrda, katolik va protestantizm cherkovlarida esa 4-dekabrda nishonlanadi. Rivoyatlarga ko‘ra, Bibi Maryam Imron va Hannaning farzandi hisoblanadi. Imron va Hanna bir muncha vaqt befarzandlikdan aziyat chekib, xudoga farzand talabida nola qiladilar. Xattoki agar xudo ularga farzand bersa, uni ibodatxonaga xizmat qilish uchun topshirishga ont ichadilar. Xudo ularga farzand ato etganida ular chaqaloqqa Maryam ismini beradilar. Keyinchalik qizaloq uch yoshga to‘lganida Imron va Hanna ichilgan qasamga muvofiq qizchani ibodatxonaga topshirish vaqti kelganini tushunib qizaloqni Quddusdagi ibodatxona ostonasiga olib kelib, uni ibodatxona zinasining birinchi pog‘onasiga chiqarib qo‘yadilar. Rivoyatlarga ko‘ra, qizaloq yosh bo‘lishiga qaramasdan zinalardan dalil va mustaqil tarzda ko‘tariladi. Uni ibodatxonada Yahyo payg‘ambarning otasi loviylar qabilasidan bo‘lgan Zakariyo ismli oliy ruhoniy kutib oladi. Zakariyoga vahiy nozil bo‘lib, unga ko‘ra u Bibi Maryamni yilda bir marotaba faqatgina oliy ruhoniy kirishi mumkin bo‘lgan “Muqaddas xonaning muqaddas xonasi”ga olib kiradi. Bibi Maryam (14 yoshgacha) ibodatxonada voyaga yetib, sakson yoshli qarindoshi hisoblangan Yusufga unashtirilguniga qadar ibodatxonada hayot kechiradi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |