Kontent qismiga oʻtish

Bibisora Turobova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bibisora Turobova
Tavalludi 1952-yil 1-sentyabr
Vafoti 15-sentyabr 2024-yil(2024-09-15)
(72 yoshda)
Taʼlimi Samarqand davlat pedagogika instituti

Bibisora Turobova (1952—2024) — shoira, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Bibisora Turobova 1952-yil 1-sentyabrda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tugʻilgan. Dastlab oʻrta maktabda, soʻng Maktabgacha taʼlim texnikumida tahsil olgach, Samarqand davlat pedagogika institutida oʻqigan.

Bir muddat Samarqand viloyat hokimi oʻrinbosari, mehribonlik uyi direktori vazifalarida ishlagan.

1990-yillarda Yozuvchilar uyushmasiga aʼzo boʻlgan. 10 ga yaqin sheʼriy kitoblari, jumladan, „Kelin salom“ va „Men izlagan quvonch“ kitoblari chop etilgan.

2011-yilda yozilgan „Oʻlsam, janozamni bulbul oʻqisin“ sheʼri mashhur.

Bibisora Turobova 2024-yil 15-sentyabrda vafot etgan[1][2][3][4].