Bidstrup Xerluf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BIDSTRUP (Bidstrup) Xerluf (1912.10.9, Berlin — 1988.26.12) — daniyalik karikaturachi rassom. Kopengagen Badiiyot akadimyasida tahsil koʻrgan (1931 — 35). Maishiy mavzudagi satirik va yumoristik rasmlar, 1940-yildan siyosiy karikaturalar muallifi. Turkum rasmlari Daniya va chet mamlakatlarda (jumladan rus tilida) alohida albom tarzida bir necha marta nashr etilgan. Chet mamlakatlarga qilgan safarlari asosida rasmlar turkumini yaratgan. Jumladan, Oʻzbekiston (Samarqand va Buxoro yodgorliklari)ga oid varakalar, Toshkent zilzilasiga bagʻishlangan rasmlari bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil