Kontent qismiga oʻtish

Bilak

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Bilak — qoʻlning tirsakdan panjagacha qismi. Yuqoridan yelka suyagining pastki qismi yoki tirsak boʻgʻimi, pastdan bilak panja boʻgʻimi bilan chegaralangan. Bilak ikkita suyak (tirsak va bilak)dan iborat boʻlib, boʻgʻimlar orqali oʻzaro birikkan. Bu suyaklar orqa, old va ikki yon tomondan tirsak, bilakkaft va barmoq boʻgʻimlarini bo'quvchi hamda yozuvchi muskullar bilan oʻralgan. Yuzaroq muskullar yelka suyagidan, chuqur muskullar esa bilakdagi ikki suyakning va ular orasidagi pardaning oldingi hamda orqa tomonidan boshlanadi. Tirsak suyagining pastki uchi va bilak suyagining yuqori uchi yumaloq boʻlgani uchun ularning ikkala uchida buraluvchi ikkita boʻgʻim hosil boʻladi. Shu tufayli bilak ichkari va tashqari tomonga buriladi. Bilakda qon tomirlar, sezuvchi hamda harakatlantiruvchi nervlar bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil