Bilazi Shuhum
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Bilazi Shuhum | |
---|---|
Qishloq | |
23°14′8″N 56°30′12″E / 23.23556°N 56.50333°E | |
Mamlakat | Ummon |
Shahar | Ibriy |
Tuman | Mohniyas |
|
Bilazi Shuhum – Ummon Sultonligining Ibriy shahri yaqinidagi kichik qishloq. Hudud Mohniyas tumani yaqinida, Ibriyga boradigan yoʻlda joylashgan. Qishloqda bitta maktab va jomeʼ masjidi faoliyat yuritadi.
Transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bilazi Shuhum qishlogʻida avtobus qatnovi mavjud emas, u yerda faqatgina loy yoʻl boʻlib, ushbu yoʻl orqali mashinalar qishloqqa kirishlari mumkin.
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bilazi Shuhum qishlogʻida yashovchi aholining aksariyat qismi badaviy millatiga mansub Ummon arablaridir. Shuningdek, Hindiston, Pokiston, Shri Lanka va Misrdan tashrif buyurgan oz sonli ishchilar ham bor. Aholining umumiy soni 300 nafardan oshmaydi[1].
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ummonning boshqa qismlaridan farqli oʻlaroq, bu qishloq juda yam-yashil hudud hisoblanadi, chunki bu yerda vadis deb nomlanuvchi kichik togʻ oqimlari mavjud. Togʻdan oqib keluvchi buloqlar hududda bugʻdoy yetishtirish imkonini beradi. Bilazi Shuhum qishlogʻida, shuningdek, xurmo fermalari ham keng tarqalgan.
Maʼmuriyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bilazi Shuhum Ibriy viloyati hokimiyati tomonidan boshqariladi. Qishloqni mahalliy masalalarda keng vakolatlarga ega boʻlgan Shayx boshqaradi.
Taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qishloqda Zeyd bin Kasob oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Oliy taʼlimda oʻqish uchun talabalar Mohniyas tumaniga boradilar.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Shared IP“. Oveemo.com. Qaraldi: 2017-yil 7-iyun.